Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Radioqabul qilish qurilmalarining sifat ko‘rsatkichlari


Download 1.79 Mb.
bet42/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

9.2. Radioqabul qilish qurilmalarining sifat ko‘rsatkichlari

Radioqabul qilish qurilmalarining ishi chastotalar diapazoni ikkita ƒmin va ƒmax chegaraviy chastotalar va chastota bo‘yicha diapazonning qoplanishi koeffitsienti orqali aniqlanadi.





Diapazon chegaralarida qabul qilgich qo‘shni chastotalar orasida ΔƒRChintervalda ravon yoki diskret qayta sozlanishi mumkin. Diskret qayta sozlanishda radioqabul qilgich sozlanishini mumkin bo‘lgan umumiy chastotalar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:







Radioqabul qilgichning sezgirligi uning kuchsiz signallarni normal qabul qilish qobiliyatini xarakterlaydi. Radioqabul qilgichning sezgirligi miqdoran antennadagi EYuKning EA minimal qiymati yoki quyidagi nisbat berilganida radioqabul qilgich chiqishidagi signalning talab qilinadgan quvvati ta’minlanadigan radiosignalning antennadagi RA minimal quvvati orqali baholanadi:



,
bu yerda k=1,38 ·10-23J/grad – Bolsman doimiysi;
Tabsolyut harorat;
ΔFQQ – qabul qilgichning o‘tkazish polosasi;
N − qabul qilgich chiziqli traktining shovqin koeffitsienti;
rA – antennaning qarshiligi.
N shovqin koeffitsienti real qabul qilgich qo‘shimcha shovqinlarni hosil qilmaydigan, balki faqat antennada hosil qiladigan signal + shovqinni kuchaytiradigan ideal qabul qilgichga qaraganda qabul qilgichning chiziqli qism chiqishida Us/Ush nisbatni qanchalik yomonlashtirishini ko‘rsatadi.
Radioqabul qilgichning tanlovchanligi (selektivligi) radioqabul qilgichning halaqit qiluvchi signallardan foydali signalni ajrata olish qobiliyati hisoblanadi. U foydali va halaqit qiluvchi signallarning u yoki bu farqlari – kelish yo‘nalishi (fazoviy tanlovchanlik), ta’sir etish vaqti (vaqt bo‘yicha tanlovchanlik), polyarizatsiya (polyarizatsion tanlovchanlik), amplituda (amplituda bo‘yicha tanlovchanlik), chastota (chastota bo‘yicha tanlovchanlik), faza (faza bo‘yicha tanlovchanlik) farqlaridan foydalanishga asoslangan.
Fazoviy va polyarizatsion tanlovchanlik qabul qilish antennasida amalga oshiriladi, vaqt bo‘yicha tanlovchanlikka (impulsli signallarni qabul qilishda) foydali signalni ta’sir etish vaqtiga qabul qilgichni ochilishi bilan erishiladi. Rezonans zanjirlar va filtrlar yordamida amalga oshiriladigan chastotaviy tanlovchanlik asosiy ahamiyatga ega. U bitta signalli va ko‘p signalli (samarador, real) chastotviy tanlovchanlikka ajratiladi. Bitta signalli tanlovchanlik kirishda bitta signal (foydali yoki halaqit qiluvchi) ta’sir qilganida nochiziqli buzilishlar hisobga olinmasdan qabul qilgich radiotrakt filtrlari AChXlari orqali aniqlanadi (9.6a- rasm). Bitta signalli tanlovchanlik miqdoran o‘zgarmas sozlashda va bir xil chiqish kuchlanishida fn halaqitlar chastotasida sinov signalining sathini uning foydali signal chastotasidagi qiymatiga nisbati, ya’ni mos kuchaytirish koeffitsientlarining nisbati orqali baholanadi:



Demak, nosozlanish chastotasiga bog‘liq ravishda so‘nishn baholaydigan bitta signalli tanlovchanlik yoki chetki selektivlik xarakteristikasi (9.4b- rasm) mos AChX (9.4b- rasm) teskari bo‘ladi.
Bunda PChK AChXdan farqli ravishda qabul qilgich radiotrakti rezonans kuchaytirgichlari uchun AChXni qurishda chastotalar o‘qi bo‘yicha chastotaning absolyut qiymatlarini emas, balki qabul qilgichning sozlanishiga nisbatan nosozlanish chastotalarining qiymatlarini qo‘yilishi qulayroq bo‘lishi hisobga olingan.

a) b)
9.4- rasm. Bitta signalli tanlovchanlik xarakteristikalari


Qabul qilgichning real tanlovchanligini oshirish uchun quyidagilar zarur:


- qabul qilgich kirishiga tanlovchan filtr qo‘yish yo‘li bilan halaqitlar sathini kamaytirish;
- kuchaytirish kaskadlarida o‘tish xarakteristikasining katta chiziqli oralig‘ili kuchaytirish elementlarini qo‘llash.
Qabul qilgichning chastotaviy aniqligi uning chastotaning berilgan qiymatini yo‘l qo‘yiladigan xatolikli o‘rnatish va saqlash qobiliyatini aniqlaydi. U qidirishsiz aloqaga kirish va aloqani sozlashsiz olib borish imkoniyatini aniqlaydi. Miqdoran uzatkichlardagi kabi δQQ=ΔƒQQS nisbiy nostabillik orqali aniqlanadi.
Radioaloqaning ishonchliligini oshirish uchun chastotani o‘rnatilishi xatoligi va uni ishlash jarayonida o‘zgartirish qabul qilgichning o‘tkazish polosasini kengaytirish bilan kompensatsiyalanadi:


ΔFO’P=ΔFS+2ΔfQQ

bu yerda ΔFS – qabul qilinadigan signal spektri; ΔfQQ – qabul qilgichning chastotaviy aniqligi orqali aniqlnadigan uning absolyut nosozlanishi.


Chastotaviy nostabillikni kompensatsiyalash uchun o‘tkazish polosasini kengaytirish qabul qilgichning sezgirligini kamayishiga olib keladi, chunki bunda chiqishda uning shovqinlar sathi ortadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling