Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


RADIOQABUL QILISH QURILMALARI RADIOCHASTOTA KUCHAYTIRGICHLARI


Download 1.79 Mb.
bet48/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

11. RADIOQABUL QILISH QURILMALARI RADIOCHASTOTA KUCHAYTIRGICHLARI


11.1. Radiochastota kuchaytirgichlari haqida umumiy tushunchalar

Yuqori chastotali signallarni kuchaytirish uchun xizmat qiladigan elektron qurilmalar radiochastota kuchaytirgichlari deb ataladi. Radiochastota kuchaytirgichlari qabul qilinadigan chastota radiosignalni kuchaytirishni amalga oshiradi. RChK qabul qilgichda eng muhim funksiyalarni bajaradi:


Birinchidan, RChK o‘z shovqinlar sezilarsiz qo‘shilganida qabul qilinadigan radiosignallarning kuchaytirilishini ta’minlashi kerak. Bu bilan qabul qilgichning real sezgirligi yaxshilanadi. Uning yaxshilanishi uchun qabul qilgichning kirishida kam o‘z shovqinlariga va bo‘lishi mumkin katta quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan kaskadlardan foydalanish zarur.
Ikkinchidan, kirish zanjirlari bilan birgalikda tashqi polosali qabul qilish kanallari bo‘yicha tanlovchanlik va antenna zanjirini qo‘shni radioqabul qilish qurilmalariga halaqitlarni hosil qilishi mumkin bo‘lgan o‘z geterodini signalini kirishidan himoyalashni ta’minlaydi.
RChKda kuchaytirish asboblari sifatida tranzistorlar (bipolyar va maydoniy), yugurma to‘lqin lampalari, tunnel va parametrik diodlar va boshqalar ishlatiladi. Ayrim kuchaytirish asboblari (bipolyar tranzistorlar) katta kirish va chiqish o‘tkazuvchanligiga ega ekanligi tufayli, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlovchan zanjirga ulash ularni kuchli shuntlanishiga va kuchaytirgichning kuchaytirish va tanlovanlik xossalarini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu o‘tkazuvchanliklarning shuntlash ta’sirini kuchsizlantirish uchun tanlovchan zanjirni kuchaytirish asbobining chiqishiga va keyingi kaskadning kirishiga to‘liq bo‘lmagan ulash amalga oshiriladi (11.1- rasm).

11.1- rasm. Tanlovchan zanjirni kuchaytirish asbobining chiqishiga va keyingi kaskadning kirishiga to‘liq bo‘lmagan ulash


11.2. Radiochastota kuchaytirgichlariga talablar

Tanlovchi tizim sifatida esa tebranish konturi ishlatiladi. Ayrim paytlarda bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tebranish konturlari ham qo‘llaniladi.


Tanlovchi va aloqa zanjirlari o‘zaro birgalikda kaskadlararo aloqa zanjirlarini tashkil etadi va bu zanjirlarga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • kuchaytirgich asboblarining chiqishidagi qarshilik bilan kelgusi kaskadning kirish qarshiligini o‘zaro moslash;

  • kuchaytirgich asboblari energiyasini yuklamaga uzatish;

  • kerakli chastota uzatish yo‘li va tanlovchanlikni ta’minlab berish.

Bunda aloqa zanjirlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • RChK chiqish qarshiligi va keyingi kaskad kirish qarshiligini o‘zaro moslash;

  • kuchaytirish asboblari energiyasini yuklamaga uzatish;

  • kerakli chastota uzatish yo‘li va tanlovchanlikni ta’minlash.

RChKga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • o‘z shovqinini kamaytirish va quvvat bo‘yicha katta uzatish koeffitsientini ta’minlash;

  • tanlovchanlik koeffitsientining sifatini, nafaqat asosiy kanal bo‘yicha, balki signali ham oraliq chastota kanallari bo‘yicha ta’minlash;

  • geterodin signalini antenna zanjiriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va h.q.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling