Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dif 1-kurs talabasi 008-guruh o’quvchisi Tursunov Abbosning fizika fanidan 3-mustaqil ishi


Download 1.83 Mb.
bet2/5
Sana13.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1000119
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika

Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk konturda tok induksiyalanadi; magnit g`altakka yaqinlashtirilganda galvanometer strelkasi bir tomonga og`adi (g`altak ichidagi magnit oqimi orta boradi), magnitni g`altakdan uzoqlashtirilganda esa (magnit oqimi kamayib boradi)strelka boshqa tomonga og`adi, ya`ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan induksion tokning yo`nalishi o`zgaradi.Demak, magnit induksiya oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok hosil bo`lar ekan.

Elektromagnit induksiya qonuni

Berk kontur yuzasini kesib o’tuvchi magnit maydon oqimining vaqt bo’yicha o’zgarish tezligi modul bo’yicha konturda hosil bo’luvchi induksion elektr yurituvchi kuchiga teng.


Magnit qancha kuchli, uning harakati qancha tez va g`altakdagi sim o`ramlar soni qancha ko`p bo`lsa, induksion tok kuchi ham shuncha katta bo`ladi. Agar magnitni berk g`altak yaqiniga yoki hatto g`altak ichiga joylashtirsak, magnit qo`zg`almaganda induksion tok hosil bo`lmaydi. Bundan, berk konturda induksion tok hosil qilish uchun birgina magnit maydonning bo`lishi yetarli bo`lmay, balki magnit harakatlanishi, ya`ni magnit maydon o`zgarishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi.

Lens qoidasi

O’ramlar soni N ta bo’lgan konturda hosil bo’luvchi induksiya–EYuK

Berk konturda hosil bo’luvchi induksion tok shunday yo’nalganki, u o’zini hosil qiluvchi tashqi maydon oqimining o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Agar tashqi maydon oqimi ortayotgan bo’lsa, induksion tokning oqimi uni kamaytirishga intiladi, agar kamayayotgan bo’lsa, uni oshirishga intiladi.

Agar kontur(ramka) yuzasi o’zgarmas bo’lsa

Magnit oqimining o’zgarish tezligi Δ Ф /Δt - bo’yicha g’altakdagi o’ramlar sonini topish

Oʻzgaruvchan elektr tokini hosil boʻlishi


Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish emas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling