Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot texnologiyalari
Universiteti
Dasturiy injenering fakulteti SWD 008 guruh
talabasi Qo’chqorov Jasurning
Dasturlash fanidan “Ko’rsatkich nima ? Maksimal element joylashgan satr yoki ustunni o’chirish algortimi” mavzusi bo’yicha tayorlagan
Mustaqil ishi
Tekshiruvchi : Rustamova Moxichexra
Toshkent 2022
Reja:
1.Ko’rsatgich nima?
2. Ob’ektga koʻrsatkich. void koʻrsatkich.
3. Dinamik xotira bilan ishlash. Koʻrsatkich ustida amallar.
4. Koʻrsatkichlar va adres oluvchi oʻzgaruvchilar funksiya parametri
sifatida.
5. Dinamik massiv va ularni funksiya parametri sifatida qoʻllanilishi.
Koʻrsatkich – bu kompyuter xotirasi yacheykasining adresi yozilgan oʻzgaruvchidir.Kompyuter xotirasi nomerlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir oʻzgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida saqlanadi.Dasturdag oʻzgarmaslar, oʻzgaruvchilar, funksiyalar va sinf ob’ektlari adreslarini xotiraning alohida joyida saqlash va ular ustidan amallar bajarish mumkin.
Koʻrsatkich uch xil turda boʻlishi mumkin:
• birorta ob’ektga, xususan oʻzgaruvchiga koʻrsatkich;
• funksiyaga koʻrsatkich;
• void koʻrsatkich.
Koʻrsatkichning bu xususiyatlari uning qabul qilishi mumkin boʻlgan qiymatlaribilan farqlanadi.Koʻrsatkich albatta birorta tipga bogʻlangan boʻlishi kerak, yaʻni u koʻrsatilgan adresda qandaydir qiymat joylanishi mumkin va bu qiymatning xotirada qancha joy egallashi oldinda maʻlum boʻlishi shart.
Koʻrsatgichlar
Eʻlon:
char *p; //ixtiyoriy simvol yoki satrni adresi
int *pI; // Butun sonni adresi
float *pF; // Xaqiqiy sonni adresi
Butun oʻzgaruvchilar va massivlar:
int n = 6, A[5] = {0, 1, 2, 3, 4};
int *p; // Butun songa koʻrsatgich
p = &n; // nmanzilini yozish
*p = 20; // n = 20
p = A + 2; // A[2] (&A[2])adresni yozish
*p = 99; // A[2]oʻzgartirish
p ++; // A[3]ga oʻtish
printf(“Adres: %p, qiymat %d", p, *p);
Do'stlaringiz bilan baham: |