Arifmetik amallar
-Koʻrsatkich tipini voidtipiga keltirish amalda maʻnoga ega emas.
Xuddi shunday, tiplari bir xil boʻlgan koʻrsatkichlar uchun tipni keltirish
amalini bajarishga hojat yoʻq.
-Koʻrsatkich ustidan bajariladigan arifmetik amallarda avtomatik
ravishda tiplarning oʻlchami hisobga olinadi.
-Arifmetik amallar faqat bir xil tipdagi koʻrsatkichlar ustidan
bajariladi va ular asosan, massiv tuzilmalariga koʻrsatkichlar ustida
bajariladi.
-Inkrement amali koʻrsatkichni massivning keyingi elementiga,
dekrement esa aksincha, bitta oldingi elementining adresiga koʻchiradi.
Bunda koʻrsatkichning qiymati sizeof()
qiymatiga oʻzgaradi. Agar koʻrsatkich k oʻzgarmas qiymatga oshirilsa
yoki kamaytirilsa, uning qiymati k*sizeof()
kattalikka oʻzgaradi.
Masalan:
short int *p=new short[5];
long * q=new long [5];
p++; // p qiymati 2 ga oshadi
q++; // q qiymati 4 ga oshadi
q+=3; // q qiymati 3*4=12 oshadi
|
Koʻrsatkichlarning ayirmasi deb, ular ayirmasining tip oʻlchamiga
boʻlinishiga aytiladi. Koʻrsatkichlarni oʻzaro qoʻshish mumkin emas.
Adresni olish amali. Turli kompyuterlarda xotirani adreslash
turlicha qoida asosida tashkil etiladi. Koʻp hollarda dasturchilar uchun
biror bir oʻzgaruvchini aniq adresini bilish zarur emas.Zarurat
tugʻilganda bunday axborotni adres operatori (&) yordamida olish
mumkin.Dasturning har bir oʻzgaruvchisi oʻzining adresiga egadir. Bu
adresni saqlash uchun esa oʻzgaruvchiga koʻrsatkich eʻlon qilish kerak.
Adresning oʻzining qiymatini bilish esa unchalik shart emas.
Adresni olish quyidagicha eʻlon qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |