o’lkasiga
surgun qilinishi
, ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab
bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar
paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30
yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03
million musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov
to’g’ri kelgan. Bundan tashqari e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub
bo’lgan staroobryadchilar, 8,2
ming lyuteranlar
, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin
boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar.
Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda
Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent)
yeparxiyasini ochishga qaror qilindi. 1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH)
o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati
Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi. 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan
Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi.
Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O’zbekiston hududida O’rta Osiyo mintaqasining boshqa
hududlariga nisbatan ko’p edi. 1920-40-yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda xristian diniga
mansub turli etnik guruhlar ko’payib bordi. Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng
O’zbekistonga Rossiya, Ukraina,
Belorusiya
, Moldova va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |