Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali "dinshunoslik" fanidan
Xulosa: Pravoslavlik Markaziy Osiyoga XIX asrning o‘rtalarida podsho Rossiyasi istilosidan so‘ng
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MUSTAQIL ISHI DINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aleksandrovich) tayinlangan. O‘zbekistonda pravoslav yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar soni
5. Xulosa:
Pravoslavlik Markaziy Osiyoga XIX asrning o‘rtalarida podsho Rossiyasi istilosidan so‘ng kirib keldi. Dastlabki pravoslavlar harbiylar , davlat xiz-matchilari , keyinchalik esa ko‘chirib kelingan dehqonlar bo‘lgan. Rus harbiylarining ilk pravoslav cherkovi 1847-yilda Sirdaryo viloyati Raim istehkomida qurilgan. 2011-yildan buyon Rus Pravoslav CHerkovining Markaziy Osiyo mintaqasidagi tuzilmasi O‘rta Osiyo mitropoliya okrugi deb atalib , unga uchta: Toshkent va O‘zbekiston, Bishkek va Qirg‘iziston, Dushanbe va Tojikiston yeparxiyalari hamda Rus Pravoslav CHerkovining Turkmanistonda joylashgan cherkovlari kiradi. O‘rta Osiyo mitropoliya okrugining rahbari bir vaqt-ning o‘zida Toshkent va O‘zbekistan mitropoliti hisoblanadi. 2011-yili ushbu lavozimga Vikentiy (Morar Viktor Aleksandrovich) tayinlangan. O‘zbekistonda pravoslav yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar soni bo‘yicha islomdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi hamda ularning aksariyatini rus millatiga mansub fuqarolar tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir respublika aholisining 3,5 foizga yaqini o‘zini pravoslav diniga mansub deb biladi. Muhammad solloxu alayhi vasallam shunday deganlar “Kim folbinga bosra va uning aygan gapiuga ishonsa Muhammad solloxu alayhi vasallamga nozil qilingan narsaga kjofir bo`libdi” “Folbinlarga ishionib aqidamizni buzmaylik, imonimizdan ajrab ikki dunyoyimizni kuydirmaylik”(Xayrulloh Dustmurodov) , Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha millat va elat vakillarining tili, urf-odati, anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishni kafolatladi. Buxoroda 2 sinagoga, yahudiy tilida oʻqitiladigan maktab va bolalar bogʻchasi faoliyat koʻrsatadi. Samarqandda „Shofar“ gazetasi nashr qilinadi (1998). Turli diniy marosimlar erkin oʻtkaziladi. Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model` turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. SHu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashdan iborat. Bu borada Asosiy qonunimiz — Konstitutsiya nafaqat jamiyat va davlat taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling