Muhammad al xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Mustaqil ish


Download 0.93 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1166687
Bog'liq
mirkomilfizika

Muhammad al xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Mustaqil ish

Guruh:PHY002 Maruza

Talaba: Esonbekov Mirkomil

O’qituvchi: Abduraxmonov Qaxxor

1.Elejtromagnit tebranish konturining ta’rifi. 2.elektromagnit konturinning potensial va kinetik energiyalari konturning qaysi qismida joylashadilar. 3.Tebranish konturining tebranish davri va chastotasi. 4.Tebranish konturida zaryadning,tok kuchining va kuchlanishning erkin garmonik tebranishlari ifodalari. 5.ochiq tebranish konturi. 6.radio to’lqinlarini uzatish va qabul qilishda tebranish konturining ishlash prinsipi


Elektromagnit tebranishlar — elektromagnit maydonni hosil qiluvchi elektr va magnit maydonlarning oʻzaro bogʻlangan takrorlanuvchan oʻzgarishlari. Tebranish konturida hosil qilinadi. Tebranish konturidagi dastlab zaryadlangan kondensator qoplamalari induktivlik gʻaltagi orqali ulansa, konturda kondensator zaryadining va gʻaltakda tokning erkin tebranishlari yuzaga keladi.
  • Tebranish konturi deb: bir-biri bilan o‘tkazgichlar yordamida ulangan C kondensator va induktivlik L dan iborat elektr zanjirga aytiladi
  • Tebranish konturi: har qanday radiotexnik qurilmaning ajralmas qismi hisoblanadi. Radio o‘tkazgichlarda tebranish konturi fazoda elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish uchun, radio qabul qilgichlarda (radiopriyomniklarda) elektromagnit to‘lqin-lar spektridan kerakli qismini ajratib olish uchun xizmat qiladi.
  • Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Masalan, soat mayatnigining tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa tebranishlarga ajraladi.
  • C kondensatorni L induktivlikka tutashtiramiz. Kondensator zaryadsizlana boshlaydi va uning elektr maydoni kamaya boradi. Shu bilan birga konturda elektr toki paydo bo‘ladi va uning natijasida induktiv g‘altagida magnit maydoni hosil bo‘ladi.Ideal konturda chorak davrdan keyin elektr maydon energiyasi to‘la magnit maydon energiyasiga aylanadi:
  • Bunda L – g‘altak induktivligiJ – g‘altakdan oqayotgan tok kuchining maksimal qiymati. Bu holda kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng, U=0. Tebranish konturining bunday holati matematik mayatnikning muvozanat holatidan o‘tish paytidagi holatga to‘g‘ri keladi. Bunda sistemaning potensial energiyasi to‘la kinetik energiyaga aylanadi.

tebranish konturidagi erkin so‘nmas elektromagnit tebranishlarning davri Tomson formulasidan aniqlanadi:
Tebranish davrini bilgan holda elektromagnit tebranishlarning xususiy chastotasi va xususiy davriy chastota ω0 ni aniqlash mumkin:
Kondensatorning birinchi qoplamasidagi zaryadni q desak zanjirdagi tok kuchi quyidagicha bo‘ladi.
formuladagi minus ishora qo‘yilishi sababi shundaki, tenglamani tuzishda tokning musbat deb qabul qilingan yo‘nalishiga kondensatorning birinchi qoplamasidagi musbat zaryadning kamayishi mos keladi.
Differensial tenglama shakli bilan prujinaga osilgan yukning so‘nuvchi tebranishlari differensial tenglamasi:
So‘z va musiqani uzatish uchun modulyatsiya tovush chastotasida (1013)103 Gs amalga oshiriladi. Kuchaytirgichda kuchaytirilgandan keyin modullangan tebranishlar uzatuvchi antennaga o‘tadilar. Bu antenna ochiq tebranish konturi bo‘lib, efirda elektromagnit to‘lqinlar tarqatadi
So‘z va musiqani uzatish uchun modulyatsiya tovush chastotasida (1013)103 Gs amalga oshiriladi. Kuchaytirgichda kuchaytirilgandan keyin modullangan tebranishlar uzatuvchi antennaga o‘tadilar. Bu antenna ochiq tebranish konturi bo‘lib, efirda elektromagnit to‘lqinlar tarqatadi
Xulosa: Tebranishlar - muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa tebranishlarga ajratamiz. Tebranishlar mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va boshqafan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi. Elektromagnit tebranishlar konturining texnikada ko’lab sohalarda qo’llaniladi. Bu bizning radio aloqa televedeniya aloqasi uchun juda muhin hisoblanadi. Konturning ikki turi borligi ochiq va yopiq ko’rinishlarini bilan tanishib chiqdik nazariy bilimlarni amallda qo’llasak albatta yaxshi natijalarga erishiladi.
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling