Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti
Soliqlarni rejalashtirish obyektlari
Download 33.12 Kb.
|
1-Biznesda-moliyaviy-menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliq va majburiy to’lovlarning turlari
- Bularga quyidagilar kiradi
Soliqlarni rejalashtirish obyektlari
Nafaqat soliq solish ob'yektlari, balki soliq solish bazasini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatadigan boshqaruv faoliyati jarayonlari ham soliqlarni rejalashtirish ob'yektidir. Soliqlarni rejalashtirish zarurati amaldagi soliq qonunchiligidan kelib chiqadi, unda turli xil soliq rejimlari, soliq solish bazasini hisoblash usullari va soliq imtiyozlari nazarda tutilgan. Nazariy nuqtai nazardan soliqlarni rejalashtirish ob'yektlarini quyidagi tarzda guruhlash mumkin: • mulkiy yoki nomulkiy huquqlar. Masalan, o‘z mol-mulkiga ega bo‘lish yoki boshqalarning mulkidan foydalanish; • sub'yektning xatti-harakatlari. Masalan, tovarlarni sotishni amalga oshirish yoki ularni olib kirish; • xo‘jalik faoliyati natijalari. Masalan, korxonaning foyda yoki daromad olishi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliq va majburiy to’lovlarning turlari – Bular Soliq kodeksining 23-moddasida aks ettirilgan. Shu moddaga ko’ra soliqlar quyidagi turlari bo’linadi. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; ko’shilgan qiymat solig’i; aksiz solig’i; yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun Soliqlar va maxsus to’lovlar; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig’i; yer solig’i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Boshqa majburiy to’lovlar ham 23-moddada qayd qilingan. Bularga quyidagilar kiradi: Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar: yagona ijtimoiy to’lov; larning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; byudjet tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar; Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar; Davlat boji; Bojxona to’lovlari; Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im. Kodeksda belgilangan xollardan va tartibda Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar ko’llanilishi mumkin: yagona Soliq to’lovi; yagona yer solig’i; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha kat’iy belgilangan Soliq. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. Download 33.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling