Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti
Moliyeviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Download 33.12 Kb.
|
1-Biznesda-moliyaviy-menejment
Moliyeviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Hozirgi kunda moliyaviy menejment tushunchasining mohiyatini yoritishda iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar bildirib o‘tilmoqda. Umuman olganda, moliyaviy menejment tushunchasiga rus iqtisodchi olimlari, qolaversa MDH davlatlariga kiruvchi qator davlatlari olimlarining qarashlari bilan, G ’arbiy Evropa va AQSh olimlarining qarashlari nisbatan farqlanadi. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud boiib, buning asosiylaridan biri MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarda bo‘lgani singari moliyaviy menejment fani Rossiya Federatsiyasida ham yangi rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi, yana bir sabab esa, ushbu davlatlarda firma va kompaniyalarning boshqaruv tizimidagi o‘ziga xos turli xil jihatlarining mavjudligi hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh va Evropada mavjud kompaniyalarining aksariyat qismi asosiy faoliyatlaridan tashqari, ularning xo'jalik faoliyatida fond bozorlaridagi ishtiroki, xususan qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirilishi muhim o‘rin egallaydi.Shuning uchun ham ularning amaliyotida, moliyaviy menejmentning funksiyalari ko‘p holatlarda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni boshqarishga yo‘naltirilgan holdatushuntiriladi. Amerikalik iqtisodchi olimlar Djeyms K.Van Xom va Djon M.Vaxovich o‘z!arining iqtisodiy asarlarida, moliyaviy menejment aniq bir maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan aktivlarni moliyalashtirish va boshqarish bo'vicha qilingan hatti harakatlarning majmuidan iborat deb ta’kidlaydilar va quyidagicha ta’rif beradilar: moliyaviy menejment (financial management) aniq bir maqsadlarni realizatsiyasiga yo‘naltirilgan aktivlarni moliyalash tirish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishdir. Ularning fikriga ko‘ra firma va kompaniyalarning maqsadlari turli xil bo‘lishiga qaramay, ulardan asosiysi firma va kompaniya egalarining moliyaviy holatini maksimallashtirishdir. Umuman olganda AQSh va G’arbiy Yevropa iqtisodchi olimlarining keltirilgan tariflariga ko‘ra, moliyaviy menejment o ‘zining bosh maqsadi sifatida aksiya kursi, bir dona aksiyaga to‘g ‘ri keluvchi sof foyda miqdori, dividend darajasi, hissadorlar mulki va boshqa ijobiy manfaat keltiruvchi moliyaviy natijalarni ko‘paytirishni ilgari suruvchi firma va kompaniyalar moliyasini boshqarishdir. Rus iqtisodchi olimi G.B. Polyak boshchiligidagi olimlar guruhining ta’kidlashlaricha, moliyaviy menejment tushunchasi xo‘jalik mexanizmining faol tarkibiy qismi sifatida korxonalar moliyasini boshqarish mexanizmi yoki moliyaviy mexanizm tushunchalari bilan bog‘liqdir. Moliyaviy menejment - korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish, aylanma mablag‘- lami boshqarish jarayonidir. Moliyaviy menejment korxonalarda moliyaviy resurslar va aylanma mablag‘larni boshqarish jarayonida foydalaniladigan usullar, qo‘llanmalar va shakllaming (forma) tizimidir. Moliyaviy menejment tushunchasiga I.Ya.Lukasevich quyidagicha ta’rif bergan. Moliyaviy menejment - bu xo'jalik subyektining joriy va strategik maqsadlariga erishishda, ularning moliyaviy resurslari va moliyaviy faoliyatini boshqarishdir. Uning fikricha moliyaviy menejment o‘zining mohiyatiga ko‘ra serqirra bo'lib, u turli talqinga ega, ya’ni: 1) alohida ilmiy predmet; 2) xo‘jalik obyekti moliyasini boshqarish tizimi; 3) tadbirkorlik faoliyatining bir ko‘rinishi. Bu masala bo‘yicha yana bir rus iqtisodchi olimi S.V.Galitskaya quyidagicha ta’rif beradi. Moliyaviy inenejmentni korxonalami barcha turdagi vositalari (aktivlari) va ulami kelib chiqish manbalarini (passivlami) boshqarish, deb tushunish lozim. Uning fikriga ko‘ra moliyaviy menejmetning asosiy maqsadi korxona egalarining moliyaviy holatini oshirish hisoblanadi. S.B.Pryanichnikovning bergan tarifiga ko‘ra, korxonalarda moliyaviy munosabatlar va xo‘jalik moliyaviy faoliyatini boshqarish bevosita moliyaviy menejmentning funksiyalari orqali amalga oshi riladi, shuning uchun ham moliyaviy menejmentni xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanishni boshqarish tizimi deb tushuniladi. Olimning ta’kidlashicha, moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi. Yuqoridagi olimlarning bergan tariflariga yondashgan holda. bizning fikrimizcha: moliyaviy menejment - korxonalaming joriy va strategik maqsadlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish, tahlil, bashoratlash va rejalashtirish kabi funksiyalarni amalga oshirish, moliyaviy resurslami shakllantirish va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini boshqarishdir. Shu narsani ham ta’kilab o‘tish kerakki moliyaviy menejment fani, boshqa barcha iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy menejment fanini mukammal o‘rganishda iqtisodiyot nazariyasi, tahlil, moliya, moliyaviy va boshqaruv hisobi, statistika, korxonalar moliyasi va shu kabi fanlar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik tala'o qilinadi. Download 33.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling