Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali kompyuter injiniringi fakultеti
Download 64.84 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analog qurilma
- Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari Umumiy ma’lumotlar.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTЕTI 962-21 guruh talabasi _______________________ elektronila va sixemalar fanidan yozgan Mavzu: Analog kuchaytrish kurulmalarining asosi xassalari. Tоpshirdi: _______________________________ Qabul qildi: _______________________________ Analog qurilma, shuningdek analog uskuna bu analog signallar. bilan ishlashga mo‘ljallangan uskunalardir. Analog elektron qurilmalar (AEQ) elektron qurilmalar asosida ishlab chiqarilgan analog elektr signallarini kuchaytirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalardir. Analog signal uzluksiz funksiya bo‘lib, turli vaqtlarda cheksiz miqdordagi qiymatlarga ega bo‘ladi. Eng keng tarqalgan analog signal bizning nutqimiz tovushlari hisoblanib, ossillogrammalarda turli xil, g‘alati shakllarga ega bo‘ladi. Analog signallar ular tasvirlagan fizik jarayonlar bilan bir xil qonunga muvofiq o‘zgaradi. Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari Umumiy ma’lumotlar. Signal manbai quvvati yetarlbo‘lmaganda - yuklama RYu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron-nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik» qiladi. Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati RKIR ni RChIQ ga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sha-roitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Bu shart ideal kuchaytiirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi. Download 64.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling