Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti 111-20-guruh talabasi Qirg’izov Nodirbekning Sotib olish tamoyilari fanidan bajargan mustaqil ishi


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1430466
  1   2   3
Bog'liq
sotib olish raqobat tushunchasi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI AKTSIM fakulteti 111-20-guruh talabasi Qirg’izov Nodirbekning Sotib olish tamoyilari fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu- Raqobat tushunchasi va mohiyati, Raqobat turlari va shakllari, raqobatbardoshlikning narxdan tashqari omillari

Tekshirdi: Parpiyeva Malika
Bajardi: Qirg’izov Nodirbek

TOSHKENT 2022
Reja:
1.Kirish
2.Raqobat tushunchasi
3. Raqobatning asosiy shakllari va turlari.
4 Raqobatning ko‘rinishlari va iqtisodiyotda tutgan o‘rni
5 Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” raqobatdir. Shunday ekan, bar bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojlani- shi shu davlatdagi raqobat muhitining amaldagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi munosa- batlardan biri - bu raqobat deyish mumkin. Zero, raqobatni rivojlantir- may va uni himoyalash mexanizmini yaratmay turib, iqtisodiyotni erkin- lashtirish yoki iqtisodiy samaradorlikka erishishni tasavvur qilish qiyin. Shu sababli raqobat, uning turlari, shakllari va iqtisodiyotdagi aha- miyatini bilmay turib, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, uning maz- munini anglab yetish juda qiyin. Raqobat - iqtisodiyotni harakatga kelti- radigan kuch, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uning roli beqiyos- dir. Shu bois davlatimiz tomonidan monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni huquqiy tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoq- da. Prezidentimiz 2010-yilning 12-noyabrida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis paiatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “...bozor munosabatlarining asosi boMgan raqobatni rivojlantirishda monopo- liyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o‘ynaydi. Ammo amaldagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to!g‘risi- da”gi qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olganJrolda, “Raqobat to‘g‘risida,’gi yangi qonun- ni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur”. Bugungi kunda raqobat muhitini yaratish uchun erkin raqobatni himoya qilish va monopoliyani cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy-me’yoriy aktlar tizimini yaratish eng muhim masalaga aylandi. Raqobat muhitini yaratishga qaratilgan kompleks tadbirlami amalga oshirmasdan turib, xalqimizning mahsulot (ish, xizmat)lardan sifatli hamda kafolatli foydalanishi, mahsulotlaming muqobilligi va iste’molchilar manfaatlarini to‘liq qondirilishini tasavvur etib bo‘Imaydi. Ushbu kitobda raqobatning rivojlanish evolyutsiyasi, uning shakl- lanish va rivojlanish bosqichlari, nazariyasi, qonunchilik asoslarining yaratilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilgan bo‘lib, undan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o'quvchi-talaba'iar va professor-o‘qituvchilar, shuningdek, xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko'rsatayotgan iqtisodchilar, bundan tashqari, mazkur sohada tadqiqot olib borish istagida bo/lgan tadqiqotchilar, umuman olganda, raqobat to‘g‘risida chuqur ma’lumotga ega bo‘lish istagida bo‘lgan bar- cha o‘quvchi-kitobxonlar foydalanishlari mumkin.


Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol Raqobatnini tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
Raqobat olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.
"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avgust) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:

  1. tartibga solish vazifasi;

  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. innovatsion vazifa;

  4. moslashtirish vazifasi;

  5. taqsimlash vazifasi;

  6. nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling