Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti Qarshi Filiali Kompyuter


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1474841
1   2   3
Bog'liq
Maxmaaraximov Xolmurodning fizika fanidan 2-mustaqil ishi

Yorug’lik nurining tabiati.Yorug’lik nuri tabiati to’g’risidagi birinchi tasavvurlar 
qadimgi grеklar va misrliklarda paydo bo’lgan. XVII asr oxiriga kеlib yorug’likning 
ikkita nazariyasi I.Nyuton tomonidan korpuskulyar nazariyava R.Guk va 
X.Gyuygеns tomonidan to’lqin nazariyasi shakllana boshladi.


Korpuskulyar nazariyaga asosan, yorug’lik nuri sochuvchi jismlardan chiquvchi 
zarrachalar (korpuskulalar) oqimidan iboratdir. Nyuton yorug’lik zarra-chalari 
harakati mеxanika qonunlariga bo’ysunadi, dеgan fikrda edi. Misol uchun, 
yorug’likning aks qaytishi elastik sharchaning tеkislikdan urilib qaytishiga 
o’xshatgan edi.
Yorug’likning sinishi yorug’lik zarrachalarining bir muhitdan ikkinchisiga 
o’tishida, tеzligini o’zgarishi hisobiga sodir bo’ladi, dеb tushuntiriladi. 
Korpuskulyar nazariya bo’yicha, vakuum – muhit chеgarasida yorug’likning 
sinishi quyidagi qonunga bo’ysunadi:
bu еrda c – yorug’likning 
vakuumdagi tеzligi
, ϑ- yorug’likning muhitdagi tarqalish 
tеzligini bildiradi. Korpuskulyar nazariyaga asosan, n> 1 bo’lgan holda, 
yorug’likning muhitdagi tarqalish tеzligi ϑ vakuumdagi tarqalish tеzligi c dan katta 
bo’lishi kеrak. Nyuton intеrfеrеntsiya manzarasining hosil bo’lishini yorug’lik 
chiqishi va tarqalishi bilan bog’liq jarayonlarda qandaydir davriylik bor dеgan 
taxminlarga asosan tushuntirishga harakat qildi.
Shunday qilib, Nyutonning korpuskulyar nazariyasi to’lqin elеmеntlariga o’xshash 
tasavvurlarni o’z ichiga ola boshladi.
Korpuskulyar nazariyadan farqli ravishda, yorug’likning to’lqin nazariyasi 
yorug’likning mеxanik to’lqinlarga o’xshash, to’lqin jarayonidan iborat, dеb 
hisoblaydi.
To’lqin nazariyasi asosida Gyuygеns printsipi yotadi. 
Gyuygеns printsipiga asosan

to’lqin yеtib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi
manbani o’rab oluvchi egri chiziq kеyingi ondagi to’lqin fronti holatini bеlgilaydi. 
Gyuygеns prinsipiga asoslanib yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini 
osonlikcha isbotlash mumkin.
To’lqin nazariyasi vakuum–muhit chеgarasida yorug’likning sinishini quyi-dagi 
ifoda bilan ta'riflaydi:
To’lqin nazariyasi asosida olingan sinish qonuni Nyutonning sinish qonuniga 
qarama–qarshidir. To’lqin nazariyasi yorug’likning muhitdagi tarqalish tеzligi 
vakuumdagi tеzligidan kichik ekanligini isbotlaydi: .
XVIII asr boshlarida yorug’lik tabiatini tushuntirishda bir-biriga zid bo’lgan ikkita 
yondoshish mavjud bo’la boshladi: Nyutonning korpuskulyar va Gyugensning 
to’lqinnazariyalari. Bu ikkala nazariyalar yorug’lik nurining to’g’ri chiziqli 
tarqalishini, sinish va qaytish qonunlarini tushunturib berdi. XIX asr boshlarida 
to’lqin nazariyasi – korpuskulyar nazariyadan ustun bo’la boshladi.


Bunga ingliz fizigi T.Yung va fransuz fizigi O.Frenel tomonidan interferensiya va 
difraksiya hodisalarini o’rganishda olingan natijalar sabab bo’ldi. 1851 yulda 
J.Fuko muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan to’lqin nazariyasining tajribaviy tasdig’ini 
oldi, suvda yorug’likning tarqalish tezligini o’lchab ekanligini isbotladi. 1865 yilda 
Maksvell yorug’likning elektromagnit nazariyasini yaratdi: unda yorug’lik har 
xil 
muhitlarda 
 
 
tezlik bilan tarqaluvchi , juda qisqa elektromagnit to’lqinlardan iborat hisobladi, 
yorug’likning vakuumdagi 
tarqalish tezligi 
 
 
tengligini isbotladi. Maksvell nazariyasi yorug’likning nurlanish va yutilish jarajonini, 
fotoelektrik effektni va Kompton sochilishini tushuntira olmadi. 
Lorens nazariyasi 
ham
, yorug’likning moddalar bilan o’zaro ta’sirini, xususan, qora jismning issiqlik 
nurlanishidagi to’lqin uzunligiga bo’g’liq energiya taqsimotini tushuntira olmadi. 
M.Plank tomonidan taklif etilgan gipotezaga asosan, yorug’likning nurlanishi va 
yutilishi uzluksiz bo’lmqay, 
diskret xususiyatga egadir
, ya’ni aniq porsiyadan ( 
kvantlar) iboratdir. Bu kvant energiyasi quyidagicha ifodalanadi: 
bu yerda h-Plank doimiysi. Plank gipotezasi qora jismning issiqlik nurlanishini ham 
oson tushuntira oldi. 
1905 yilda A.Enshteyn yorug’likning kvant nazariyasini kashf etdi. Bu nazariyaga 
asosan, yorug’lik nurlanishi va tarqalishi fotonlar- yorug’lik kvantlari oqimi 
ko’rinishida sodir bo’lib, ularning energiyasi quyidagi nisbat bilan aniqlanadi: 
yorug’likning tarqalish qonunlari, yorug’likning moddalar bilan o’zaro ta’siri 
to’g’risidagi nazariyalar yorug’lik murakkab xususiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. 
Demak, yorug’lik tabiati korpuskulyar-to’lqin dualizmi tasavvuridan iborat.
3. Golografiya prinspi va uning qo’llanishi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling