Nurlanishni optik tolaga kiritish va uni qaytadan chiqarishning samaradorligini oshirish uchun tuzilish sxemasi 3--rasmda keltirilgan nosim m etrik tuzilishli 7-tusdagi tarm oqlagichdan foydalanish mumkin. Ayrim hollarda, o'zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quwatini birmuncha susaytirish zarurati tug‘iladi. Chunonchi, katta sathh raqamli optik signal qabul qiluvchi optoelektron modulning asosiy eiementi boMgan fotoqabulqilgichning to‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko‘rinishli optik signallarni uzatish chog'ida quwat sathining haddan tashqari ortib ketishi fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlari va tasvirning yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Ana shunday hollarda optik nurlanish yoki optik signal quwatini susaytiruvchi passiv elementlar — attenyuatorlardan foydalaniladi. Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatkichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazer diodining chiqish quwatini, undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari kabi qurilmalar taiab etadigan sath bilan moslashtiradi. Yorug’lik intensivligi fotodiodning dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta bo’lgan qisqa optik tolada attenyuator o'rnatish mumkin. Ular intensivlikni fotoqabulqilgichning dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi. Ishlash prinsipiga ko‘ra, attenyuatorlar so'nish qiymati bo‘yicha o'zgaruvchan va so‘nish qiymati qayd etilgan (o'zgarmas bo’lgan) turlarga bo’linadi. 0 ‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0 — 20 dB oraliqgacha o‘zgartirish imkonini beradi. 0 ‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Bu qiymat 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB ni tashkil etishi mumkin Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish qiymati ±15 foizdan, optik aks etish sathi esa —40 dB dan ortmasligi kerak. Attenyuatorlarning ishchi to’lqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani va eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi 1310 — 1580 nm oraliqda yotadi. Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |