Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Fan: Elektromagnit maydon va to’lqinlar Mustaqil ishi Mavzu: Optik nurlanish energiyasini kiritish va chiqarish qurilmalari. Optik tarmoqlagich


Download 0.62 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1554593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalikova Madina

Odatda, daraxtsimon tarmoqlagichlarda quvvat barcha chiqishlar orasida teng taqsimlanadi. Daraxtsimon tarmoqlagichlarning hozirgi namunalarida optik chiqishlar soni 2 tadan 32 tagacha bo'lishi mumkin. Ko‘pgina daraxtsim on tarm oqlagichlardan optik signallar oqimlarini bitta oqimga birlashtirish uchun ham foydalaniladi. Shahoblagich daraxtsimon tarmoqlagichning bir turi bo‘lib, undan kirishdagi optik quwatni bir necha chiqishlarga notekis taqsimlash uchun foydalaniladi . Shahoblagichlarning 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli turlari mavjud. Bu turdagi tarmoqlagichlarda chiqish optik quwatining katta ulushi magistral kanalda qoldirilgan holda, uning ma’lum bir ulushi (50 foizdan kami) quyi tartibli kanal yoki kanallarga uzatiladi. Qurilmaning optik chiqishlari nurlanish quwatining kamayishi tartibida raqamlanadi. Optik tarmoqlagichlar selektiv-yomg‘lik to'lqin uzunligiga sezgir va aksincha, noselektiv-yorug'lik to‘lqin uzunligiga nosezgir bo'lishi mumkin. Yuqorida ko'rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv qurilmalar sirasiga kiradi

Yulduzsimon tuzilishli yoki X turdagi tarmoqlagich. Bu turdagi tarmoqlagichlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning optik kirishlari va chiqishlari soni bir xil bo‘ladi.1-rasmda keltirilgan. Optik signal n ta kirishlardan biriga kirib, n ta chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Bugungi kunda 2x2 va 4x4 tuzilishli yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Chalkashtirib yubormaslik uchun optik kirishlar lotin harflari bilan, optik chiqishlar esa raqamlar bilan belgilanadi. Yulduzsimon tarmoqlagichlar optik quwatni barcha chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlaydi. 2-rasmda daraxtsimon yoki Y-tusdagi tarmoqlagichlarning tuzilish sxemasi keltirilgan. Bu turdadi tarmoqlagichlar aksari ko'pchilik hollarda nurlanish quwatini ikkiga bo'lish uchun ishlatiladi (bunda ajratilgan nurlanish quwatlari o'zaro teng bo‘lmasliklari mumkin). Shu sababdan ularni ajratuvchi elementlar yoki ajratkichlar deb ham ataladi. Ajratkichlardan ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish va turli xil interferometrlar tayyorlash chog‘ida negiz element sifatida foydalaniladi


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling