Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik va kriminalistika


Savol: Terminal-host arxitektura, Bir pog’onali arxitektura, mijoz-server arxitekturasi


Download 94.19 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi94.19 Kb.
#1569996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarmoq xavfsizligi Aliev Mustaqil ish

Savol: Terminal-host arxitektura, Bir pog’onali arxitektura, mijoz-server arxitekturasi
Javob: Terminal - host kompyuter arxitekturasi(terminal – host computer architecture) - bu barcha ma’lumotlarni qayta ishlashni bir yoki bir qator asosiy kompyuterlar tomonidan amalga oshiriladigan axborot tarmog’i tushunchasi.
Ko’rib chiqilayotgan arxitektura ikki turdagi qurilmani nazarda tutadi:

  • Host kompyuter (asosiy kompyuter) – unda tarmoqni boshqarish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi;

  • Terminallar – host kompyuterga vazifalarni bajarishga, seans tashkil qilishga va natijalar olishga buyruqlarni uzatish uchun mo’ljallangan.

Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari (MUM) orqali asosiy kompyuter,
1- rasmda ko’rsatilgandek, terminallar bilan o’zaro ta’sir qiladi.

1-rasm. Terminal-host kompyuter arxitekturasi.
Bir pog’onali arxitektura (peer-to-peer architecture) – bu arxitekturada axborot tarmog’ining resurslari butun tizim bo’yicha tarqalgan holda bo’ladi. Ushbu arxitektura boshqa arxitekturalardan farqi barcha tizimlarning tengligi hisoblanadi.
Bir pog’onali tarmoqlar - bu har qanday ish stantsiyasi bir vaqtning o’zida fayl serveri va ish stantsiyasi vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan kichik tarmoqlar. Bir pog’onali LAN-larida diskdagi bo’sh joy va istalgan kompyuterdagi fayllar birgalikda foydalanilishi mumkin. Resursning umumiy bo’lishi uchun uni masofaviy kirish xizmatlaridan foydalangan holda bo’lishish kerak. Ma’lumotlarning qanday himoyalanganiga qarab, boshqa foydalanuvchilar fayllarni yaratilgandan so’ng darhol foydalanishlari mumkin. Bir pog’onali LANlar kichik ishchi guruhlar uchun yetarlicha darajada maqbul hisoblanadi (2-rasm).

2-rasm. Bir pog’onali arxitektura.
Bir pog’onali tarmoqlar quyidagi afzalliklarga ega:

  • ular o’rnatilishida va sozlanishida oson;

  • shaxsiy kompyuterlar serverlardan mustaqil;

  • foydalanuvchilar o’z resurslarini boshqara oladi;

  • arzon va amalga oshirilishi oson;

  • qurilmalar va dasturiy ta’minotlar kam;

  • administrator shart emas;

  • o’ndan kam bo’lgan foydalanuvchilari bor tarmoqlar uchun juda qo’l keladi.

Bir pog’onali arxitekturadagi muammo, bu kompyuterlarning oflayn rejimida bo’lishidir. Bunday hollarda, ular taqdim etgan xizmat turlari tarmoqdan yo’qoladi.
Mijoz-server arxitekturasi (client-server architecture) – bu arxitekturada resurslar asosan mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi serverlarda bo’ladi (3-rasm).

3-rasm. Mijoz-server arxitekturasi.

Server - bu boshqa tarmoq ob’ektlariga ularning talabiga binoan xizmat ko’rsatadigan ob’ekt. Servis - bu mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayoni.


Server mijozlarning buyurtmalari asosida ishlaydi va ularning vazifalarini bajarilishini boshqaradi. Har bir ishni tugatgandan so’ng, server natijalarni ishni yuborgan mijozga yuboradi.
Mijoz-server arxitekturasidagi xizmat funktsiyasi amaliy dasturlarning kompleksi bilan tavsiflanadi, unga muvofiq turli xil amaliy jarayonlar bajariladi.


II. Kompyuter tarmog’i modellari va umumiy tushunchalari:


Download 94.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling