Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali


Download 34.91 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.91 Kb.
#1588570
  1   2   3   4
Bog'liq
TarixBoburmustaqilish (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL - XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI

«Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim » fakulteti
« Axborot xavfsizligi»talim yo’nalishi
105-22 guruh talabasi Sadullayev Boburning
Dasturlash fanidan


MUSTAQIL ISH
Mavzu: Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari


Bajargan: Sadullayev.B
Qabul qilgan: Mambetnazarova.A

NUKUS 2023



Reja:
1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos
xususiyatlari
2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda ―o’zbek modeli‖ ning o’rni va
ahamiyati
3. «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari
4. ADABIYOTLAR RO’YXATI.


1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos
xususiyatlari
XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi.Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmunmohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi.Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi. Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan. Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi Islom Karimov bu ayanchli vaziyat haqida shunday ta’kidlagan edi: "O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda 12-o’rinni egallab turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past".Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini xalq extiyojlari tomonga burmasdan turib tanqislikka barham berib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta’sir ko’rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu — bozordir. Chunki bozor sharoitidagina ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydigan sohalar o’z-o’zidan barham topadi. Davlat bozor tan olmagan, zarar keltirib ishlaydigan, norentabel soha va korxonalarni qo’llab-quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan, xaridorgir, byudjet uchun mablag’ beradigan ishlab chiqarish turlari esa rag’batlantiriladi. Tanqislikni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlardan yana biri ishlab chiqarishdagi yakka hukmronlikdir. Monopolizm iste’molchini tanlash huquqidan mahrum qiladigan va shu yo’l bilan bozorda yakka hukmronlik imkoniyatini qo’lga kiritadigan kuchdir. Odatda, tanqislik qondirilmagan talab sifatida vaqti-vaqti bilan har qanday bozorda vujudga kelishi mumkin.


Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling