Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali


«O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari


Download 34.91 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.91 Kb.
#1588570
1   2   3   4
Bog'liq
TarixBoburmustaqilish (2)

3. «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash - demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonun va qoidalarga muvofiq rivojlangandagina demokratik siyosiy va ijtimoiy islohotlar uchun mustahkam moddiy asos yaratiladi. «Birinchi navbatda iqtisodiy negizni (bazisni) barpo etish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi jamiyat qurishning eng muhim shartidir. Bunda iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak». Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muayyan darajada o’sib, nisbatan zamonaviy texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta. 1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida sobiq ittifoq vazirlik va idoralariga bo’ysunuvchi birlashma va korxonalar ishlab chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoqrespublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilar edi. Ikkinchi tomondan. O’zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan ishlab chiqarish va iste’mol tovarlariga bog’liqligi g’oyat kuchli edi. Iqtisodiy o’sishning tashqi omillarga bog’lanib qolganligi yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga, maxalliy mashinasozlikning esa zaifligicha qolishiga olib keldi. O’zbekistonda barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi nihoyatda past edi. Bunday taqsimot oqibatida sanoat asbob-uskunalari, texnologiya, fan-texnika yutuqlari tashqaridan olib kelinadigan mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi. O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi ishlab chiqarish talablariga javob beradigan avtomat va yarim avtomat murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi. Bularning barchasi metropoliya va mustamlaka xalqlar o’rtasidagi munosabatlarning amaldagi yakqol ifodasidir. Metropoliya hyech qachon mustamlaka o’lkaning jadal rivojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir. Iqtisodiyotning siyosat va mafkuraga bo’ysundirilgani yirik o’rta va kichik korxonalar o’rtasidagi nisbatga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Sobiq ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv shunday amaliyotni taqozo qilar edi. Zo’rma-zo’raki tiqishtirilgan bunday amaliyotlar natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti ham "gigantomaniya" degan xavfli "xastalikka" chalindi. Bu, albatta, o’lkamizda sanoat ishlab chiqarishning an’anaviy turlarini rivojlantirish, mehnat jamoalarining faolligi va tashabbuskorligini oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi. Yirik korxonalar mayda ishlab chiqarishga nisbatan bozor kon’yunkturasiga qiyin moslashadi, har qanday yirik ishlab chiqarish jarayonida katta-kichik bo’shliqdar paydo bo’lishi tabiiy. Yirik korxonalar ularning hammasini ham yolg’iz o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va paydo bo’lgan bo’shliqni to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida, ists’mol bozorini tovar bilan to’ldirish, aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositala ri bilan iste’mol buyumlari ishlab chikaradigan ishlab chiqarish o’rtasidagi nisbatni mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, jadalroq rivojlanishi lozim. yg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo’l - iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o’z zimmasiga olishi, jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko’zda tutadigan mashhur besh tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo’yildi, mamlakatimiz izchil va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi. Bu yo’lning hayotbaxsh samaralari - ozod va obod Vatanimizning go’zal va betakror qiyofasi, shahru qishloqlarimiz jamoli, xalkimiz farovonligida asrlar davomida namoyon bo’laveradi!

Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling