Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti himoyaga ruxsat Kafedra mudiri
- jadval Elektron tijorat va raqamli texnologiyalar bilan bog'liq yechimlari
Download 1.35 Mb.
|
09.06.26doc
9- jadval Elektron tijorat va raqamli texnologiyalar bilan bog'liq yechimlari:
Ushbu muammolarni hal qilish uchun strategik rejalashtirish, texnologiya va infratuzilmaga sarmoya kiritish, soha mutaxassislari bilan hamkorlik, ilg‘or tajribalarga rioya qilish va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv zarur. Ushbu muammolarni faol chora-tadbirlar orqali hal qilish orqali korxonalar elektron tijorat va raqamli texnologiyalarning umumiy maydonini yaxshilashi mumkin, bu esa biznes va iste'molchilar uchun xavfsiz, ishonchli va uzluksiz tajribani ta'minlaydi. Ushbu muammolarni tushunish va faol ravishda hal qilish orqali korxonalar elektron tijorat ko’lamini yanada samarali boshqarishi va raqamli texnologiyalar taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Raqamli texnologiyalarning taraqqiy etishi nafaqat elektron tijorat imkoniyatlarining kengayishi, ishsiz aholi qatlamining kamayishi kabi qator yaxshi rivojlanishlarga sabab bo’lmoqda,balki shu bilan birga g’araz niyatli kishilar yoki jamoalar har xil usulda aldov va firibgarliklar qilib sodda insonlarning katta miqdorda pullarini o’marishlariga ham olib kelmoqda.Shu sababli bu kabi firibgarlik turlaridan qo’rqayotgan aholining katta qatlami elektron tijoratni qo’llab-quvvatlashga ikkilanib,an’anaviy tijorat va xaridlar shaklini afzal ko’rishmoqda.Agar hukumat vakillari bu kabi bunday firibgarlarni chinakam tadbirkorlardan farqlashning oson va kam vaqt talab qiluvchi usullarini topa olsa hamda xalqni bundan xabardor qilsa,shuningdek bunday firibgar shaxslarga nisbatan og’irroq qonuniy jazo choralarini joriy etishsa elektron tijorat sohasi yanada yuqori cho’qqilarni zabt etishi va kengroq tarqalishi mumkin. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar: Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «qimmatli» tajribalarini muvaffaqiyatli ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar. Firibgarlar orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda turishadi. Keyingi o’rinda maxsulot va xizmatlarni juda past narxlarda taklif qiladiganlar bo’lib, mijoz pulni o’tkazganidan so’ng, uning o’rniga xech narsa ololmaydi. Undan keyingi shoxsupada kompyuter va uning dasturiy ta’minotini «sotuvchi» lari turadi. To’rtinchi o’rinni internetda xilma xil ish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nixoyat, oxirgi o’rinda uyda biror bir ish bajarishni taklif qiluvchilar turishadi. AQSh Federal Savdo Komissiyasining reytingiga asosan firibgarlar orasidagi eng ommabop mexanizm piramida tashkil qilish va uni risoladagiday yurgizishdir. Bunda Siz biror bir kimsadan xat olasiz va unda boshqa bir qancha odamning nomi va manzili ko’rsatiladi. Sizga bu shaxslarning birinchisiga masalan 100 so’mdan jo’natish va uning o’rniga ro’yxat oxiriga o’z nomingizni yozib qo’yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o’z tanishlaringizdan bir qanchasiga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi. Siz menga xam nixoyat baxt kulib boqdi va kaminaga katta miqdordagi mablag’ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb juda xursand bo’lib, bu o’yinga qo’shilishingiz mumkin. Lekin keyinchalik xech nima ololmasangiz xafa bo’lmang, chunki bu xatni eng birinchi yuborgan odam allaqachon tegishli pulni ishlab olib, juftakni urgan va Siz endi xech nima ola olmaysiz. Misol sifatida Pontsi loyixasini keltirish mumkin. U o’z kompaniyasiga investitsiya qilishni taklif qiladi va bunga ishonganlarga katta foiz va’da qiladi. Investorlarning pullariga esa mazza qilib boy yashaydi. Investorlarning biridan olingan mablag’ning bir qismini boshqasiga jo’natib, ularga bergan va’dasini bajarib turaveradi. Investorlar ko’plab jalb qilinganda bu tadbir yaxshi ishlaydi, lekin ularning soni juda xam ko’payib ketganda, ularga jo’natish uchun mablag’ yetmay qoladi va natijada loyiha ham barbod bo’ladi. Internet orqali hech qayerda qayd qilinmagan aksiya yoki boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar sotib olish ham firibgarliklarning biror bir turiga mansub bo’lishi ehtimoldan holi emas. Lekin bunday ishlar ham internet orqali amalga oshiriladigan ajoyib biznes deb tushuntirilishi mumkin. Bunda asosiy maqsad, diqqatni chalg’itish va potentsial mijozning taklifni yaxshilab fikrlab ko’rishidan iloji boricha ko’proq chalg’itishdir. Juda katta foyda va barcha kasalliklarga davo bo’ladigan preparatlar xaqidagi cho’pchaklar ham ko’pchilik insonlarni ishontiradi. Internet bilan bog’liq firibgarliklarni aniqlash uchun masalan, quyidagilarni har kim bilishi kerak: Taklif elektron pochta orqali juda ko’p potentsial mijozlarga keladi; Olingan taklifda jo’natuvchining manzili yo’q yoki bo’lsa ham u fiktiv; Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko’rsatishni so’raydilar; Sizdan pul jo’natishingizni so’raydilar; Mahsulot yoki xizmatning asosiy ko’rsatgichlari o’rniga «bundan millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar» kabi antiqa ma’lumotlar jo’natiladi; Bu mahsulot yoki xizmatdan foydalangan insonlarning ajoyib fikrlari misol sifatida va jonli ravishda keltiriladi; Taklif juda foydali, qulay va aqlga muvofiq emas. Internet tarmog’idagi firibgarliklarning turlari Internetdagi ko’pchilik foydalanuvchilar undan o’zlari uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidiradilar, qiziqarli musiqa va filmlarni yozib oladilar, bloglarda yoki turli chatlarda yozishmalar qiladilar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa insonlar bilan tanishadilar, turli mahsulotlar sotib oladilar yoki xizmatlardan foydalanadilar, qiziqarli saytlarga kiradilar, elektron pochtadan foydalanadilar va shularga o’xshash turli-tuman ishlarni amalga oshiradilar. Hozirgi paytda shunga o’xshash firibgarliklar internet tizimida keng miqyosda amalga oshirilayapti va sodda hamda ishonuvchan insonlardan pul olishning yangidan-yangi usullari kashf qilinib, xayotga bemalol tadbiq qilinayapti. Bunday virtual fazo firibgarlarining javobgarlikka tortila olinmasligi, ularning anonim ravishda ishlashi va ishonuvchan insonlarning juda ham ko’pligi bunday «tadbirkorlik faoliyati» ning o’ziga xos yoqilg’isi sifatida namoyon bo’layapti. Ko’pchilik foydalanuvchilar internetda ham xuddi real hayotdagidek qonun va qoidalar amal qilayotganligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar. Agar hayotda kartadan yoki biror turdagi qimordan katta yutuq olish mumkin emasligini ko’pchilik bilsada, ular internetdagi xuddi shunday faoliyat turlaridan katta pul ishlab olish mumkin deb o’ylaydilar. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling