Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi
Download 67.49 Kb.
|
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4.4.Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar
2.4.Elektron tijorat muammolari va unga bo‘lgan tahdidlar. Reja: 2.4.1.Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar. 2.4.2.Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari. 2.4.3.Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish. 2.4.4.Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «qimmatli» tajribalarini muvaffaqiyatli ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar. Firibgarlar orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda turishadi. Keyingi o’rinda maxsulot va xizmatlarni juda past narxlarda taklif qiladiganlar bo’lib, mijoz pulni o’tkazganidan so’ng, uning o’rniga xech narsa ololmaydi. Undan keyingi shoxsupada kompyuter va uning dasturiy ta’minotini «sotuvchi» lari turadi. To’rtinchi o’rinni internetda xilma xil ish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nixoyat, oxirgi o’rinda uyda biror bir ish bajarishni taklif qiluvchilar turishadi. AQSh Federal Savdo Komissiyasining reytingiga asosan firibgarlar orasidagi eng ommabop mexanizm piramida tashkil qilish va uni risoladagiday yurgizishdir. Tarmoqdagi piramidalarning eng oddiy usuliga misol bo’lib zanjir bo’ylab xat jo’natish kiradi. Bunda Siz biror bir kimsadan xat olasiz va unda boshqa bir qancha odamning nomi va manzili ko’rsatiladi. Sizga bu shaxslarning birinchisiga masalan 100 so’mdan jo’natish va uning o’rniga ruyxat oxiriga o’z nomingizni yozib qo’yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o’z tanishlaringizdan bir qanchasiga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi. Siz menga xam nixoyat baxt kulib boqdi va kaminaga katta miqdordagi mablag’ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb juda xursand bo’lib, bu o’yinga qo’shilishingiz mumk in. Lekin keyinchalik xech nima ololmasangiz xafa bo’lmang, chunki bu xatni eng birinchi yuborgan odam allaqachon tegishli pulni ishlab olib, juftakni urgan va Siz endi xech nima ola olmaysiz. Piramidaning ikkinchi usuliga fiktiv marketingkiradi. Bunda Sizga juda tezlik bilan rivojlanayotgan firmaning faoliyatida qatnashishinigiz taklif qilinadi. Bunda piramidaning tepasida turgan bir shaxs (yoki shaxslar) boshqa odamlari yollaydilar, ular esa o’z navbatida boshqalarini bu ishga jalb qilishga xarakat qiladilar va yollanganlarga boshqalarni xam jalb qilish muximligini uqtiradilar. Shunday qilib, ushbu tadbirda qatnashayotgan insonlar soni vaqt o’tishi bilan juda ham ko’payib ketadi. Xar bir yollangan odamga registratsiya qilinish uchun ma’lum miqdorda badal to’lash so’raladi. Sizga boshqalarni yollash xuquqi qayd qilinganingizdan so’nggina beriladi. Xar bir yollangan inson uchun va Siz yollagan shaxslar yollagan odamlar uchun xam Siz ma’lum miqdorda pul xam olasiz va ishga qiziqib ketasiz. Shunday qilib, piramidaning eng tepasida turganlarning katta miqdordagi pul ishlab olishlariga imkoniyat tug’iladi. Odamlar yollab turilganda va pul miqdori xali ancha katta bo’lgan xolda bunday firma juda xam faol ravishda ishlab turadi, ko’pchilik firibgarlikni tushunib qol ib, ularning ishlayotgan puli miqdori ancha kamayganida, piramidaning asoschilari qaergadir g’oyib bo’ladilar (Bermud orollariga yoki dam olish maskanlariga). Bunda ko’pincha obrazli qilib «Piramida quladi» deydilar. Piramidaning yana bir turi ko’p bosqichli marketing (multi-level marketing - MLM) deb ataladi. U yuqoridagi piramidadan printsipial jihatdan farq qilmaydi, lekin unda nafaqat yangi a’zolar jalb qilinadi, balki biror bir real tovar sotilishi xam tashkil qilinadi. Masalan, rasmlar, parfyumeriya maxsulotlari, dietik oziq-ovqat maxsulotlari, oziq-ovqatga «qimmatli va foydali» bioqo’shimchalar, meditsina preparatlari va xakozolar. Oddiy sotuv shaxobchalarida bunday tovarlar unchalik chaqqon sotilmasligi uchun (chunki ular ancha qimmat va unchalik foydali xam emas) uni kuchli va ta’sirli reklama asosida piramida a’zolariga sotish amalga oshiriladi. Bunda asosiy shart – ma’lum miqdordagi oylik sotuv xajmiga erishishdir. Piramida a’zolari distribyuterlar deb ataladilar va sotuvdan tushgan mablag’ning bir qismiga egalik qilish xuquqiga egadirlar. Lekin pulning asosiy va katta qismi bunday turdagi piramidani tashkil qilgan asoschilar xamyoniga tushadi, albatta. Investitsiyalar bilan bog’liq Internet firibgarligi usulida Sizga faqat Internet orqali amalga oshadigan va tezlik bilan boyib ketishingizga olib keluvchi tadbirda ishtirok etishingiz taklif qilinadi. Masalan, Sizga ma’lum bir miqdordagi mablag’ni biror bir ajoyib loyixaga investitsiya qilishingiz so’raladi va oyiga katta miqdordagi foiz to’lash va’dasi beriladi. Siz o’z pulingizni jo’natganingizdan so’ng ma’lum bir muddatda oyiga foizlarni va’da qilingan miqdorda olib xam turasiz va shuning uchun bunga boshqalarni xam jalb qila boshlaysiz. Aslida esa bu loyixa fiktiv bo’lib, foizlar xilma xil insonlarning pulini ustalik bilan bir biriga qayta jo’natish kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Lekin bir kunmas bir kun shunday noqulay vaqt keladiki, Sizning pulingiz ham, foizingiz ham izsiz g’oyib bo’ladi. Misol sifatida Pontsi loyixasini keltirish mumkin. U o’z kompaniyasiga investitsiya qilishni taklif qiladi va bunga ishonganlarga katta foiz va’da qiladi. Investorlarning pullariga esa mazza qilib boy yashaydi. Investorlarn ing biridan olingan mablag’ning bir qismini boshqasiga jo’natib, ularga bergan va’dasini bajarib turaveradi. Investorlar ko’plab jalb qilinganda bu tadbir yaxshi ishlaydi, lekin ularning soni juda xam ko’payib ketganda, ularga jo’natish uchun mablag’ yetmay qoladi va natijada loyixa xam barbod bo’ladi. Internet orqali xech qaerda qayd qilinmagan aktsiya yoki boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar sotib olish xam firibgarliklarning biror bir turiga mansub bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Lekin bunday ishlar xam In ternet orqali amalga oshiriladigan ajoyib biznes deb tushuntirilishi mumkin. Kreditlarni tozalab berish takliflari, offshor zonalarda bank operatsiyalarini o’tkazib berish kabi qiziqarli takliflar, elektron pochta orqali Siz katta miqdordagi pulni yutganli gingiz xaqidagi xabarnoma («Siz faqatgina pulingizni sizga jo’natish uchunbizga 10 dollar jo’natsangiz kifoya, katta miqdordagi yutuq pulingizni olasiz» degan ajoyib taklif bo’ladi) kabi takliflarning barchasi Sizdan ma’lum bir miqdorda pul mablag’iundirib olishga yo’naltirilgandir. Boshqa turdagi firibgarliklarga ajoyib dori-darmonlar, ozuqa moddalari, ozdiradigan preparatlar, uy ofisda bajariladigan ishlar taklifi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, Sizga uyda o’tirib Internet orqali bajariladigan ish taklif qilindi, deylik. Firmaga borganingizda, bu ishga mos kompyuter va programmaviy ta’minot sotib olishingiz yoki faqatgina mana bu provayderda ishlashingiz so’ralishi mumkin. Demak, bunday firibgarlar Sizga o’z maxsulotini yoki xizmatini o’tkazmoqchi, degan xulosa chiqadi albatta. Fosh qilingan bir firibgarlikni tavsif etamiz. Bir firibgar o’ziga internet.com degan server ochib, uni kompyuter qurilmalari bo’yicha virtual magazin deb atadi va undagi tovarlarga juda past baxo belgiladi. Qiziqqan shaxslar unga pul jo’nata boshladilar va u ularga talabingiz bajariladi deb javob jo’natadi. Ma’lum bir vaqtdan so’ng qurilmalar o’z vaqtida olinmaganligi sababli, talabnoma jo’natganlar talablarini rad qilib, o’z pullarini qaytarib ola boshladilar. Firibgar e sa bu pullarning o’rtacha qiymati o’z bankida turgan vaqti uchun foiz olib juda yaxshi xayot kechirgan. Yana bir firibgarlik www.multicredit.gua.net serveri bilan bog’liq bo’lib, u Construcredit nomli Gvatemala bankining juda arzon kreditini taklif qiladi. Lekin taklif qilingan anketani to’ldirgan biror bir inson kredit ololmagan, chunki bu tadbir tashkilotchilari uchun anketa ma’lumotlari kerak bo’lgan xolos. Ushbu anketa ma’lumotlari esa boshqa turdagi «antiqa» firibgarliklarni amalga oshirish uchun xomashyo rolini o’ynagan. Emigratsiya bilan bog’liq firibgarliklarda Internetdan Kanada, AQSh yoki Avstraliyaga viza to’g’rilab beramiz, deb taklif qilinadi. Bu shaxslar o’zlarini advokat deb atashad i va Sizning cho’ntagingizni yanada engillashtirishga o’z hissalarini baholi-qudrat qo’shishga harakat qiladilar. Barcha firibgarliklar bir xil ko’rinishdagi so’zlarni ishlatadilar – ya’ni «eksklyuziv taklif», «ajoyib imkoniyat», «shoshiling, vaqt juda xam tig’iz», «bunaqasi bo’lmagan» va xakozalar. Bunda asosiy maqsad, diqqatni chalg’itish va potentsial mijozning taklifni yaxshilab fikrlab ko’rishidan iloji boricha ko’proq chalg’itishdir. Juda katta foyda va barcha kasalliklarga davo bo’ladigan preparatlar xaqidagi cho’pchaklar xam ko’pchilik insonlarni ishontiradi. Shu yerda bir savol tug’iladi - qanday qilib kompyuter firibgarligini bilish mumkin?Internet bilan bog’liq firibgarliklarni aniqlash uchun masalan, quyidagilarni xar kim bilishi kerak: Taklif elektron pochta orqali juda ko’p potentsial mijozlarga keladi; Olingan taklifda jo’natuvchining manzili yo’q yoki bo’lsa xam u fiktiv; Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko’rsatishni so’raydilar; Sizdan pul jo’natishingizni so’raydilar; Maxsulot yoki xizmatning asosiy ko’rsatgichlari o’rniga «bundan millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar» kabi antiqa ma’lumotlar jo’natiladi; Bu mahsulot yoki hizmatdan foydalangan insonlarning ajoyib fikrlarimisol sifatida va jonli ravishda keltiriladi; Taklif juda foydali, qulay va aqlga muvofiq emas. Download 67.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling