Audionarkotik firibgarliklari
Internetning runet qismida insonning binaural ritmiga ta’sir qiluvchi «tovushli» narkotiklar xaqidagi ma’lumotlar tarqala boshladi.
Audionarkotiklarning reklamasi foydalanuvchilarning elektron pochta manzillariga
ommaviy xatlar jo’natish va boshqa turdagi tezkor ma’lumot almashinish usullari
orqali amalga oshirilmoqda. Audio-fayllarni tinglash maxsus raqamli kodni
kiritgandan so’ng mumkin bo’ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to’lab, SMS-ma’lumot jo’natish talab etiladi. Bunday alomat mahsulot taklif qiladigan resurslar
fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet el provayderlari tarkibida
mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari orqali reklama qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Ularning ta’kidlashlaricha, tovush narkotiklarini qabul qilish oqibatida qattiq bosh og’rig’i kuzatilib, xotira susayishi va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos. Shunday qilib, «raqamli narkotiklar» xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o’ylab topilgan firibgarlarning yana bir antiqa xiylasidir.
Mahsus turdagi viruslar yordamida amalga oshiriladigan kiberfiribgarliklar
Barchamizga ma’lumki, internetda tarqatiladigan viruslar sonini sanab sanog’iga yetish mumkin emas. Kiberfiribgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va internetda faoliyat ko’rsatadigan zararli dasturlardan biri Trojan.Encoder.20
hisoblanib, ushbu dastur shunday dasturlar kodlari joylashtirilgan saytlar orqali bilintirmasdan bu saytga kirgan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuklantiriladi.
Bu dastur foydalanuvchi kompyuteridagi barcha fayllarni shifrovka qilgandan
so’ng, o’z-o’zidan yo’qoladi. Endi foydalanuvchi o’z fayllarini ochmoqchi bo’lsa,
ularda bu fayllarni ochish (yoki rasshfrovka qilish) uchun firibgarlarga SMS orqali
ma’lum bir miqdordagi pul to’lash so’raladi (10 dollardan 89 dollargacha). Agar
shunday virus kompyuteringizga tushib qolsa, uni yo’qotish uchun Dr. Web
tomonidan ishlab chiqilgan tekin utilitani kompyuteringizga yuklab olish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |