Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali tt va kt fakulteti Dasturiy Injiniringi yo’nalishi 653-18 guruh talabasi Xalilov Alisherning


Takrorlanuvchi jarayonlar haqida tushuncha va uning operatorlari


Download 427.91 Kb.
bet3/12
Sana26.12.2021
Hajmi427.91 Kb.
#183096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amalyot detline 1

Takrorlanuvchi jarayonlar haqida tushuncha va uning operatorlari

Oldingi mavzuda sanab o'tilgan jarayonlardan biri, takrorlanuvchi jarayonlarni hisoblanadi. Takrorlanuvchi jarayonni shartli operatorlardan foydalanib ham tashkil qilsa bo'ladi, lekin bunday jarayonlarni hisoblashni takrorlash operatorlari yordamida amalga oshirish osonroq kechadi.

Takrorlash operatorlarining 3 xil turi mavjud:


  • parametrli takrorlash operatori;

  • do…while takrorlash operatori (Sharti keyin berilgan takrorlanish operatori);

  • while takrorlash operatori (Sharti oldin berilgan takrorlanish operetori).

Yechilayotgan masalaning mohiyatiga qarab, dasturchi o'zi uchun qulay bo'lgan takrorlash operatorini tanlab olishi mumkin.

Parametrli takrorlanish operatori quyidagidan iborat:



for( int i = k1; i <= k2; i++)

yoki


for( int i = k2; i >= k1; i––)

bu yerda k1

Parametrli takrorlanish operatori aniq takrorlanishga ega bo'lgan dasturlar uchun dasturchiga qiyinchilik tug'dirmaydi.

Ko'pgina hollarda, takrorlanuvchi jarayonlardagi takrorlanishlar soni oldindan ma'lum bo'lmaydi, sikldan chiqish esa ma'lum bir shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga bog'lik holda bo'ladi. Bu hollarda sharti keyin berilgan takrorlanish operatori yoki sharti oldin berilgan takrorlanish operatoridan foydalanish zarur. Agar sikldan chiqish sharti, takrorlanuvchi jarayonning oxirida joylashgan bo'lsa, do…while() operatoridan, bosh qicmida joylashgan bo'lsa while() operatoridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sharti keyin berilgan takrorlanish operatori kamida bir marta takrorlanadi, sharti oldin berilgan takrorlanish operatori umuman takrorlanmasligi ham mumkin.

Sharti keyin berilgan takrorlanish operatorining ko'rinishi quyidagicha:

do {



}

while()

Sharti oldin berilgan takrorlanish operatorining ko'rinishi quyidagicha:



while() {



}

Ikkila holda ham shart yolg'on qiymat qabul qilsa, sikl bajarilishidan to'htaydi. Agar shart rost bo'lsa, sikl davom etadi.




Download 427.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling