Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali tt va kt fakulteti Dasturiy Injiniringi yo’nalishi 653-18 guruh talabasi Xalilov Alisherning


Download 427.91 Kb.
bet4/12
Sana26.12.2021
Hajmi427.91 Kb.
#183096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amalyot detline 1

Massivlar haqida tushuncha

Biz shu paytgacha qiymatlarning oddiy (skalyar) tiplaridan foydalanib, turli xil dasturlar yaratishni o'rgandik. Skalyar tipga tegishli har bir qiymat yagona ma'lumot hisoblanib, trivial strukturaga egadir. Amalda esa, turli xil hosilaviy tiplar bilan ishlashga, ulardan foydalanib murakkab programmalar yaratishga to'g'ri keladi. Bu tiplarga tegishli qiymatlarning har biri trivial bo'lmagan strukturaga ega, ya'ni bu qiymatlar o'z navbatida yana bir nechta qiymatlardan tashkil topadi. Endi shunday tiplardan biri bo'lgan, programmalashda eng ko'p qo'llaniladigan dastur ob'ekti – massivlar bilan tanishib chiqamiz. Massiv - bu bir xil tipli, chekli qiymatlarning tartiblangan to'plamidir. Massivlarga misol sifatida matematika kursidan ma'lum bo'lgan vektorlar, matritsalar va tenzorlarni ko'rsatish mumkin. Dasturda ishlatiluvchi barcha massivlarga o'ziga xos ism berish kerak. Massivning har bir hadiga murojaat esa, uning nomi va o'rta qavs ichiga olib yozilgan tartib hadi orqali amalga oshiriladi:



[]

bu yerda - massiv hadining joylashgan o'rnini anglatuvchi tartib qiymati. Umuman olganda, o'rnida qatnashishi ham mumkin. Indeksni ifodalovchi ifodaning tipini – indeks tipi deb ataladi. Indeks tipining qiymatlar to'plami albatta nomerlangan to'plam bo'lishi, shu bilan bir qatorda, massiv hadlari sonini aniqlashi va ularning tartibini belgilashi kerak.

Bir o'lchovli massivlar bilan ishlash

Massivlarni e'lon qilishda indeks tipi bilan bir qatorda massiv hadlarining tipi ham ko'rsatilishi kerak. Bir o'lchamli massivni e'lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi:



[]

Massivlarni e'lon qilish haqida to'liqroq ma'lumot berish uchun turli tipdagi indekslarga oid misollarni e'tiboringizga havola qilamiz:



int arrInt[1000];

byte arrByte[500];

float arrFloat[100];

bool arrBool[10];

char arrChar[25];


Download 427.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling