Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

416
 
insonparvarligi. Bu – ezgu so’z, ezgu fikr, ezgu amal. 
Inson, uning olamga munosabati qadimgi Yunon falsafasida markaziy o’rin 
tutadi. 
Yunon olimi Suqrot (er.avv. 469-399 yy.)ning falsafiy mulohazalari 
markazida inson va uning ongini o’rganish turadi. Suqrotning inson to’g’risidagi 
qarashlarida axloqiy ratsionalizm markaziy o’rin egallaydi. U axloqsizlik haqiqatni 
bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning natijasidir, deb hisoblaydi. 
Platonning fikricha, inson asosan ikki bo’lakning uyushmasidan iborat. Birinchi 
bo’lak - o’lmas jon, ikkinchi bo’lak – tana. Insonning joni ham ikki qismdan 
iborat: oliy – yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat 
to’plangan, uning yordamida inson abadiy g’oyalar sirini bilib oladi va farovonlik, 
ezgulik tomon intiladi. Pastki qism - his-hayajonga asoslangan. Platon odamlarni 
uch katta toifaga bo’lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, ikkinchi toifadagilar 
- his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifa – dohiylarga, yo’lboshchilarga sajda 
qiluvchilar. 
Aristotel inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib 
berishda o’z o’tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. U olamdagi jami tirik 
mavjudotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Bu jon uch 
turkumga bo’linadi: eng past turkumdagi jon - o’simliklar, ikkinchi turkumdagisi 
hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo’ladi. Aristotel inson deb 
ataluvchi tirik mavjudotni butun va bo’linmas, deb talqin etadi. Ayni vaqtda «inson 
o’z tabiatiga ko’ra siyosiy mavjudotdir», deb ta’riflaydi. Olim odamlarni faqat 
moddiy farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat printsiplariga rioya qilish ezgulik 
tomon boshlaydi, deb hisoblaydi. Ezgulik deganda, aql-zakovat bilan ish ko’rishni, 
mehribonlik, mardlik, ochiq ko’ngillikni, to’g’rilik, xayrihoxlikni tushunadi. 
Aristotel insonning har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak 
axloqiy poklik, tashki va ichki go’zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni 
oliy kamolotga yetkazadigan fazilatlar, deb hisoblaydi. 
O’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasida inson haqidagi diniy qarashlar ilgari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling