Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

413
 
foydalana bilish zarur. Inson manfaati, uning baxt-saodati, ma’naviylik va 
insonparvarlik qoidalarini qaror toptirish yo’lida jamiyatni demokratik negizlarda 
yangilashni hayotning o’zi talab qilmoqda. Respublikamizning siyosiy va iqtisodiy 
mustaqilligini, ijtimoiy adolatni, ma’naviy yangilanishni, barcha millat va elatlar 
uchun munosib turmush sharoitini amalga oshirish — bularning hammasi 
O’zbekistonning hozirgi davri va kelajagi uchun muhimdir. 
8.4. Sharq va G’arb falsafasida inson muammosi 
 
Falsafa inson muammosiga olam, borliqning tarkibiy qismi sifatida qaraydi 
va shu nuqtai-nazardan «Inson nima? Uning mohiyati qanday? Inson olamda 
qanday o’rin tutadi?», «Inson omili deganda nima nazarda tutiladi? kabi savollarga 
javob beradi. Inson borliqning oliy ko’rinishi. Uning kelib chiqishi, hayoti, 
taraqqiyoti olam, borliqqa bog’liq. Inson va jamiyat olam taraqqiyoti, tabiat 
evolyutsiyasining mahsuli va ko’rinishi bo’lib hisoblanadi. 
Inson hamma zamonlarda ham o’zining kimligini, o’zligini bilishga intilgan. 
Inson muammosiga bag’ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotezalar, nazariyalar 
yaratilgan. 
Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o’rganilgan: 
mifologik, diniy va ilmiy-nazariy. 
Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa, 
Hindiston, Xitoy, Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar, 
afsonalarda o’z ifodasini topgan. Hamma narsaga qodir inson obrazi Qadimgi Hind 
Vedalarida tasvirlangan. Ularda aytilishicha, eng qadimgi inson Purusha mingta 
boshli, mingta ko’zli, mingta oyoqli bo’lgan emish. Bu insonning aql-zakovati-oy, 
ko’zi-quyosh, horib-toliqishi-olov, nafasi esa – shamol emish. Hozirgi odamlar 
Purushadan tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo’lidan – kshatri (harbiylar), 
vaysh (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi jamiyatning 
turli qatlamlariga mansub odamlar kelib chiqqan emish. Vedalarda yozilishicha





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling