Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

409
 
o’ynaydi. Insonning ongi ma’lum bir maqsadga qaratilgan jarayondir. Inson tashqi 
olamga bog’liq. bo’lib, tashqi olam insonning butun faoliyatini belgilaydi, biroq u 
insonni qanoatlantirmaydi. Shuning uchun inson o’z amaliy faoliyati bilan tashqi 
olamni o’zgartirishga harakat qiladi, voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga 
intiladi. Ongning faol roli shundaki, u ob’ektiv dunyo qonuniyatlarini aks ettiradi, 
anglaydi, ularni bilib oladi hamda ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. Inson 
ma’lum bir maqsadni ko’zlab tabiatga ta’sir etar ekan, uni o’z manfaatlari yo’lida 
o’zgartiradi. Inson tabiat sirlarini tobora chuqurroq anglaydi va uning qonunlarini 
bilib boradi. Ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va takomillashuvi bilan, insoniyat 
bilimlari o’sishi bilan odamning tabiatga ta’siri kuchaya boradi. Kishilarning 
mehnati bilan bunyod etiladigan moddiy va madaniy boyliklar ko’payadi. Kishilar 
tabiat va ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini qancha chuqur va mukammal bilib olsalar
ularning amaliy faoliyati shuncha samarali bo’ladi. 
 
8.3. Yuksak ong — inson bunyodkorlik faoliyatining omili 
 
Jamiyat taraqqiyoti quyi bosqichdan yuqori bosqichga, o’tmishdan kelajakka 
tomon rivojlanib borgani sari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotda xalq 
ommasining roli, g’ayrati, uyushqokligi ortib va chuqurlashib, inson amaliy faoliyati 
jadallashib boradi. Bu — umuminsoniyatga xos qonuniyatdir. 
Tarixiy maqsadlar ko’lami keng, inson shaxsi barkamol bo’lsa, u vijdonan 
mehnat qilsa, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol ishtirok etsa, jamiyatimiz shu qadar tez 
rivojlanadi va mustahkamlanadi. Insonning ijodiy tashabbusi, jonli ijodiyoti 
jamiyatimizning kuchi va hayotiyligining eng muhim manbaidir. 
Har bir jamiyat o’ziga munosib bo’lgan inson shaxsini yuzaga keltirganidek 
inson ham shu jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishiga befarq qaramaydi. Shaxs 
ayni paytda atrof muhitga ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish qobiliyatiga ham ega. 
Uning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko’r-ko’rona faoliyat orqali amalga 
oshmaydi. Inson jamiyat qonunlarini, o’z hayoti sharoitlarini bilib olgan, ma’lum 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling