Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

405
 
bo’lmasa, fikrlash ham bo’lmaydi, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo’lmasa nutq, 
tilning ham bo’lishi mumkin emas. Til va tafakkur bir-birisiz mavjud bo’lmasa ham, 
biroq, ular aynan bir xil narsa emas. Tafakkur — ob’ektiv reallikning in’ikosidir, til 
esa fikrni ifoda etish quroli, uni qayd qilish va boshqa kishilarga yetkazish, 
bildirish vositasidir. Til faqat tafakkurning ifodasi emas, balki uning tayanchi va 
taraqqiyot quroli hamdir. Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va kashf etilgan 
barcha narsalar, hodisalar, tushunchalarni o’zida aks ettiruvchi til buyuk 
umumlashtiruvchilik rolini bajaradi. 
Jamiyatning taraqqiy etishi bilan tafakkur singari til ham taraqqiy etib boradi. 
Til ham ong kabi qadimiydir. Til — amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham 
mavjud bo’lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir, 
binobarin, til ong singari boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli
muomala qilish zarurligi tufayli paydo bo’ldi. 
Hayvonlarda esa nutq yo’q, boshqacha aytganda, hayvonlar gapirmaydi. 
Ularning hayot sharoiti shundayki, natijada ularda so’zlashishga zarurat va 
imkoniyat yo’q. Hayvonlarning aloqa qilish vositasi har xil signallar berish bo’lib 
xizmat qiladi. Bu signallar tovush chiqarib yoki imo-ishora bilan beriladi. 
Maymunlarda bu hol ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Ammo «signal berish sistemalariga» 
nutq boshlang’ichlarining vujudga kelishi uchun yagona shart-sharoit deb qarash 
kerak. Nutq — aloqa qilishning sifat jihatdan yangi vositasi bo’lib, faqat odamga 
xosdir. 
Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish vositasi va fikrning bevosita 
ifodasidir. Kishilar fikr almashmaganida umuman zarur moddiy boyliklarni ishlab 
chiqara olmagan, tabiat kuchlariga qarshi birgalikda kurasha olmagan bo’lar edi. 
Fikr ayirboshlash esa, faqat til yordamida amalga oshiriladi. Til tafakkurning borliq 
shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir. 
Demak, tafakkur va ong inson miyasining mahsulidir. Ongni, tafakkurni 
fikrlash organi bo’lgan miyadan ajratib bo’lmaydi. Ammo bu munosabatga asoslanib 
ongni moddiy deb hisoblash mumkin emas. Ongni moddiy deb hisoblash, tafakkurni 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling