Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

401
 
va jamiyatdagi narsa va hodisalar, voqealarni biladi, ilmu tafakkuri, dahosi, mehnati, 
salohiyati bilan dunyoni boshqaradi. Keyingi sahifalarda bu masala batafsilroq yoritib 
beriladi. 
 
8.2. Ongning kelib chiqishi va rivojlanishi 
 
Ongning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi qarashlar falsafa fanining 
in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Unga muvofiq, keng ma’nodagi aks ettirish 
(in’ikos) xususiyati butun dunyoda, jonli tabiatda ham, jonsiz tabiatda ham bor. 
Ammo jonsiz tabiatda aks ettirish qobiliyati birmuncha sodda, mexanik, fizik, 
kimyoviy jarayonlarda namoyon bo’ladi. Aks ettirishning bu shakllarini 
(ta’sirlanuvchanlik, iztiroblanuvchanlik, sezuvchanlik) ong bilan tenglashtirib 
bo’lmaydi, chunki ong aks ettirishning yuksak shakli hisoblanadi. 
Materiya harakatining yuksakroq biologik shaklining kelib chiqqanligi aks 
ettirishning sifat jihatdan yangi shakli — ta’sirlanuvchanlikka o’tish uchun zarur shart 
bo’ladi. Ta’sirlanuvchanlik esa, hayot bilan birga paydo bo’lgan va tirik materiyaning 
eng muhim xossalaridan biri hisoblanadi. Tirik protoplazma bo’lgan har bir joyda 
iztiroblanish reaktsiyasi mavjuddir. Iztiroblanish xossasi modda almashinuvi bilan 
muqarrar bog’langan. Tirik oqsil vujudga kelgan hamonoq darrov ta’sirlanuvchanlik 
ko’rinadi. Bu tirik oqsil bilan muhitning o’zaro ta’sirida namoyon bo’ladi. Barcha 
mavjudotlar tashqi ta’sirga javoban bir qadar mustaqil ta’sirlanadigan bo’ladi. 
Tirik tabiatning tarixiy taraqqiyoti natijasida sezgilar vujudga keldi, ammo 
o’simliklarda sezgi yo’qligi ma’lum. O’simlik dunyosining hayot sharoiti sezgiga 
zarurat tug’dirgan emas. O’simliklar ta’sirchanligining eng tarqalgan shakli — bu 
ulardagi tropizm xossasidir. U g’oyatda xilma-xil bo’ladi, masalan, uning turlaridan 
biri fototropizm shunda ko’rinadiki, ya’ni o’simlik Quyosh nurlarining ta’siriga 
javoban reaktsiya ko’rsatadi. Yashil o’simliklar hayotida yorug’lik juda katta rol 
o’ynaydi. Yorug’lik yashil o’simliklar uchun energiya manbaidir. O’simliklar 
mumkin qadar nur energiyasini olmoq uchun yorug’likka intiladilar. Barglariga 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling