Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

402
 
oftob nurlari qaysi tomondan ko’proq tushsa, barglar asosan o’sha tomonga qarab 
o’sadi. 
Hayvonot dunyosida ta’sirlanuvchanlik xossasi taraqqiyotining muayyan 
bosqichida sezgilarning kelib chiqishiga olib keldi. Dastlabki eng oddiy sezgilarning 
maydonga kelishi tirik tabiat taraqqiyotidagi yangi davr bo’ladi. 
Aks ettirishning muayyan shakli bo’lgan sezgilar hayvonot dunyosi 
taraqqiyotining ilk bosqichlarida kelib chiqishi bilan birga odamda ko’proq taraqqiy 
topdi va kamolga yetdi. Sezgi ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazidir. Materiya 
bizning sezgi a’zolarimiz, ko’z to’r pardasiga va shu kabilarga, ya’ni muayyan suratda 
tuzilgan materiyaga bog’liq. Materiyaning mavjudligi esa sezgiga bog’liq emas. 
Odam miyasi va kishilarning ijtimoiy tabiatga ko’ra ko’proq taraqqiy topgan 
asab tizimi hayvonlarning sezgilariga qarama-qarshi o’laroq, odam sezgilarining 
yangi sifat xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning sezgilari ham, odamning 
sezgilariga ham tabiatda mavjud bo’lgan narsa va hodisalarning in’ikosidir. Ammo, 
odamning sezgi a’zolari aks ettira oladigan hamma narsani hayvonlarning sezgi 
a’zolari aks ettirishga qodir emas. Masalan, burgut odamga qaraganda ancha uzoqni 
ko’radi, lekin odamning ko’zi buyumlarda burgutning ko’ziga qaraganda ancha ko’p 
narsani ajratadi. Odamga nisbatan kuchuk birmuncha nozikroq hid bilish quvvatiga 
ega, lekin u odam uchun turli narsalarning muayyan belgilaridan iborat bo’lgan 
hidlarning yuzdan bir hissasini ham farq qila olmaydi. 
Fan odam bilan hayvonot dunyosi o’rtasida biologik — fiziologik ma’noda 
o’tib bo’lmaydigan chegara yo’qligini isbotladi. Eng yuksak darajada tuzilgan 
mavjudot — odam jonli tabiat taraqqiyotining eng yuksak mahsuli hisoblanadi. 
Hayvonlar ruhiyatning muhim xususiyati instinktlardir. Instinktlar — 
hayvonlar muayyan turining evolyutsiyasi jarayonida to’plangan ongsiz hayoti, 
«tajribasi»dir. Ular mutlaqo o’zgarmas narsa emas, aksincha, evolyutsiya 
jarayonida hayot sharoitiga qarab o’zgaradi, yangi instinktlar bilan almashinadi. 
Instinktlar murakkab shartsiz reflekslar bo’lib, organizmning tashqi ta’sirotiga 
javoban tug’ma his-tuyg’u, sezgidan iborat. Instinktlarda hech qanday g’ayritabiiy sir 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling