398
erki va huquqlari chegaralanib, ularning qadr-qimmati oyoq osti qilinib kelingan
edi. Mustaqil respublikamizda insonning shon-shuhrati, qadr-qimmatini e’zozlash
davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylangan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining ikkinchi moddasida «davlat
xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi», «xalq davlat
hokimiyatining
birdan-bir
manbaidir»,
deb
mustahkamlab
qo’yilgan.
Jamiyatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham
bitta - fuqarolarning
munosib hayot kechirishini, tinchlik va milliy totuvligini
ta’minlashdan iboratdir. «Barcha islohotlarning - iqtisodiy,
demokratik, siyosiy
islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini
vujudga keltirishdan iborat»
1
, - degan edi O’zbekistonning
birinchi Prezidenti
I.A.Karimov.
Ma’lumki, inson borlig’i jamiyat taraqqiyotining birdan bir manbaidir.
Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir
biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy
va h.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib,
rivojlanib turadigan
jonli organizmdir. Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir. Organik
olamning taraqqiyoti ma’lum bir davr sharoitlarida odamning kelib chiqishiga,
uning jamoa munosabatlari va mehnat jarayonida o’sishiga, so’ngra
kishilik
jamiyatining tashkil topishiga olib kelgan. Shuning uchun ham tabiat jamiyatni
bir-biridan ajratib qarash, ularni qarama-qarshi qilib qo’yish noto’g’ri.
Borliq jonli tabiatning oliy mahsuli bo’lgan inson ongida aks etadi. Shunday
ekan ong nima, u qanday qilib paydo bo’lgan degan savollar
ustida inson eng qadim
zamondayoq o’ylay boshlagan. Natijada ong muammolarini talqin qilishda turli
holatdagi tasavvurlar vujudga keladi.
Sharq falsafasi va islom ta’limotiga ko’ra, ong Olloh tomonidan insonga in’om
qilingan ruhning zahuroti, u o’lmas va abadiydir. Forobiyning fikricha, “odamlarning
1
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.–T.:“O’zbekiston”,
1995.-119-bet.