399
bir avlodi o’lib ketgach, ularning jismlari yo’q bo’lib ketadiyu, ammo ularning
ruhlari vujud (qafasi)dan qutilib, saodatga erishadilar. So’ng boshqalari ularning o’rnini
egallab, ular qilgan ishlarni qiladilar. Bu avlod odamlari ham dunyodan o’tgach,
xuddi shunday yo’l bilan ruhlari avvalgilarning izidan borib, qiyofalari (fe’l va
fazilatlari), quvvati va sifati o’xshash, yaqin ruhlar bilan qo’shilishlari mumkin... Har
bir yangi kelgan ruh bilan qo’shilganida huzur - halovati ham yanada ortadi”
1
.
Nemis faylasufi Gegelning fikricha, ong «mutlaq g’oya», tabiat va
jamiyatdagi barcha hodisalarning asosini, zaminini tashkil etadigan hodisa.
Ingliz faylasufi Berklining fikricha, inson faqat o’z “narsalar sezgilarini idrok
etishga qodir, shunday ekan real narsa — bu ong, narsalar esa — kishi ongida, sezgi va
tasavvuridagina mavjuddir”.
Xuddi shunday fikrni XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa
olimlari Max va Avenarius ham ilgari surganlar.
Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, ong jonli tabiatning (oliy shakli bo’lgan)
inson miyasining mahsulidir. Uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir.
Voqelikni in’ikos ettirish inson miyasining ishidir. Ong miyadan tashqarida bo’lishi
mumkin emas. Ong miyaning faoliyati, uning ruhiy funktsiyasi, miya esa fikrlash
a’zosi, moddiy narsa. Shunday qilib, ilmiy falsafa ong — inson miyasining
funktsiyasidir, bu funktsiyaning mohiyati esa borliqni, mavjud narsalarni in’ikos
ettirishdan iboratdir, deb tushuntiradi.
Ongning mohiyatini to’g’ri ochib berish uchun unga ontologik ijtimoiy va
gnoseologik tomonlardan yondashmog’imiz lozim.
Unga ontologik jihatdan yondashish, ong — bu tabiat uzoq tarixiy
taraqqiyotining mahsuli, materiya evolyutsiyasi jarayonida vujudga kelgan ruhiy
hodisalarning xossasi demakdir. Odam ongi yuksak darajada tuzilgan materiyaning
xossasidir, voqelikning in’ikosidir.
Ongga ijtimoiy jihatdan yondashish — ongning shakllanishi va rivojlanishi
1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-164-165 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |