Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

407
 
yaratilishi ilmiy falsafaning asosiy qoidalaridan biri, ya’ni alohida sur’atda 
tashkil topgan materiyaning funktsiyalari bo’lmish tafakkur haqidagi qoidani 
isbotlab bermokda. Kibernetik mashinalarni tokomillashtirishning chegarasi bormi? 
Mashinalar o’z yaratuvchisi bo’lgan insondan o’zib ketishi va undan aqlliroq 
chiqishi mumkinmi? Bunday savollarga hozircha javob yo’q. Bu bahslarda turli nuqtai 
nazarlar ta’rifi mavjud. Kibernetika asoschisi N.Viner hisob mashinalarining 
imkoniyatlarini kattalashtirib yubormagan holda ularning fahm-farosatga o’xshash 
xislati bo’lishi kerak degan fikrni aytgan edi. Akademik A.Kolmagorovning fikriga 
ko’ra, avtomatlar eng murakkab sistemalar, masalan, tirik organizmlar va hatto inson 
miyasidek barcha asosiy xossalarga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday 
sistemalar uchun avtomatlar degan so’zning o’zi bir muncha — shartli bo’lib, biz 
ularni tirik mavjudotlar deb atashimiz mumkin bo’ladi. 
Nevrolog Pol Kossa fikricha, inson yasagan mashina uning ishtirokisiz hech 
narsa qila olmaydi. Mashina inson xohlagan holatdaligicha, ya’ni ajoyib qurol 
holidagicha qolaveradi. Mashinada fikr qilish qobiliyati butunlay yo’q bo’lib, 
ijodchisining fikrini aks ettiradi, xolos. Chunki u ongdan — batamom mahrumdir. 
Akademik A.Berg esa kibernetika sanoatda ham, fanda ham, ijtimoiy hayotda ham 
inson o’rnini bosa olmaydi, hech qachon mashina jamiyati mavjud bo’la olmaydi, 
deb ta’kidlaydi. 
Insoniyat bir necha asrlardan buyon miya faoliyati haqidagi bilimlarni 
to’plashga urinib keldi va kelmoqda. Miya kishiga bilish, yaratishdek katta baxt 
keltiradi, koinot qa’riga chiqib borishga, bepoyon va benihoyat atom sirlarini 
bilishga imkon beradi. 
Miya murakkab biologik organizm bo’lib, uning o’rtacha vazni chamasi 1000-
1400 gramm keladi. Odam miyasining mutlaq vazni qariyb barcha hayvonlarning 
miyasi vaznidan katta. Miya vaznining gavda vazniga nisbati jihatidan esa, inson 
umuman barcha hayvonlardan ancha yuqori turadi. Inson miyasida 14 milliarddan 
ortiq nerv hujayralari bo’lib, ularning kattaligi 5-200 mikron chamasi keladi. Inson 
xotirasi murakkabligi, samaradorligi jihatidan mashina xotirasidan ancha ustun 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling