Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

403
 
yo’q. Ular turli hayvonlarda turlicha namoyon bo’ladi. Hayvonlarning juda murakkab 
sezgi harakatlari ma’lum, masalan, asalarilar olti qirrali, chumolilar ko’p qavatli 
uyalar quradi, qushlar doimiy havo yo’llaridan uchib o’tadi, baliqlar o’zi bir vaqt 
tuxumdan chiqqan joyiga tuxum tashlaydi va boshqa ko’pgina misollar mavjud. 
Demak, hayvonlarga xos bo’lgan ruhiy hodisalar ularga har xil sezgi va instinktlarda 
ko’rinadi. Yuqorida aytilgandek instinktlar murakkab shartli bog’lanishlar sifatida 
yuzaga chiqadi, hayvonlarning yurish-turishi ana shu bog’lanishlar asosida vujudga 
keladi. Ammo yuqori darajadagi hayvonlarning ruhiyati shu hodisalar bilgangina 
cheklanmaydi. 
Ularda idrok faoliyatining elementlari, ong boshlang’ichlari, anglab, bilib aks 
ettirishning dastlabki eng oddiy shakllari borligini fan dalillar asosida isbotladi. 
Hayvonlarda ongli, rejali suratda harakat qilish qobiliyati asab tizimining 
taraqqiy etishiga muvofiq ravishda rivojlanadi va bu sut emizuvchi hayvonlarda 
ancha yuksak darajada turadi. Yuksak darajadagi ong odamlarga xos xususiyatdir. 
Ong voqelikning ham ratsional, ham hissiy in’ikosini qamrab oladi. Shuningdek, u 
inson hissiyotlari, irodasini ham o’z ichiga oladi. 
Iroda — insonning o’z xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va 
ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan jami to’siqlar (qo’rqinch, 
jur’atsizlik, shubha)larni yengishga bo’lgan qobiliyatdir. Iroda amaliy faoliyat 
jarayonida shakllanadi, insonning ham tashqi olam predmetlarini, ham o’z shaxsiy 
imkoniyatlarini bilishga asoslanadi. 
Barcha ruhiy jarayonlar singari hissiy-emotsional holatlar ham miya 
faoliyatining natijasidir. Hissiy holatlarning paydo bo’lishiga tashqi olamda yuz 
beradigan o’zgarishlar sabab bo’ladi. Insoniy his-tuyg’ular hayotning ijtimoiy 
sharoitlari bilan o’zgaradi. Boshqacha aytganda, u ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda 
namoyon bo’ladi. 
Emotsiyalar (his, tuyg’u) birinchidan, ifodali harakatlar (mimik va pantomimik 
harakatlar)ni; ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a’zolar 
faoliyatining va holatining o’zgarishi (ko’pchilik hollarda bu o’zgarish emotsiya 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling