Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

411
 
zaminida fikr, tushuncha, bilim, iste’dod, qobiliyat sifatida shakllangan ma’naviyat 
yotadi. 
Mehnat jamoasida insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, aqliy va jismoniy 
faoliyati shakllanadi, yuzaga chiqadi. Moddiy hayot, ishlab chiqarish usuli insonning 
ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga sabab bo’lganidek shaxsning 
mehnat sohasidagi faolligi ham o’z navbatida uning ijtimoiy siyosiy, madaniy-
ma’naviy, axloqiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi . 
Kishilar ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirish hozirgi davrning tub 
muammolaridan biridir. Hayot o’rtaga qo’yayotgan ulkan vazifalarni yuqoridan turib 
amalga oshirib bo’lmaydi. Buning uchun mehnatkash insonning bevosita ishtiroki, 
uning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilgan ijodiy mehnati, 
ijtimoiy-siyosiy faolligi zarurdir. 
Hozirgi dolzarb vazifalarni amalga oshirishning zarur shartlaridan yana biri — 
inson ongini o’zgartirishdan iboratdir. Inson ongini, ijtimoiy ruhiyatini qonun chiqarish 
yo’li bilan ham, buyruq berish asosida ham o’zgartirib, qayta qurib bo’lmaydi. Kishilar 
ongida o’tmishda ro’y bergan xato va kamchiliklar ta’siri ostida shakllangan eski 
qarashlar, tasavvurlar, tushunchalarni bartaraf etish tarbiyaviy ishlarni muntazam 
ravishda olib borishni, barcha salbiy hodisalarni tag-tomiri bilan tugatishni, ijtimoiy 
adolatni so’zda emas, amalda qaror toptirishni taqozo etadi. Avvalo, kishilarning 
moddiy hayot sharoitlarini yaxshilamasdan turib ularning ongini o’zgartirib 
bo’lmaydi. 
Inson ruhiyati qayta qurilmasa, yangichasiga fikrlash va ishlash istagi hamda 
mahorat hosil qilinmasa iqtisodiyotda, boshqaruvda, tarbiyada, ijtimoiy sohada 
biron-bir narsani o’zgartirish qiyindir. 
Hozirgi davrning inson shaxsiga bergan ajoyib ne’matlaridan biri 
demokratiya, ijtimoiy adolatning asta-sekin tiklanishidir. Demokratiya yaratib 
bergan imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanish uchun oddiy istakdan 
tashqari yuksak siyosiy madaniyat, vazminlik ma’naviy poklik, sof vijdon, uzoqni 
ko’zlab ish qila bilish qobiliyati ham kerak. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling