Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

406
 
materiyaning ko’rinishi yoki uning bir bo’lagi deb o’ylash mutlaqo noto’g’ridir. 
Ongni moddiylashtirishga urinuvchi vulgar materialistlar fikr moddiydir deb da’vo 
qiladilar. Bu oqimning namoyandalari Moleshott, Byuxner, Fogtlar esa jigar zardob 
ayirgani singari miya ham fikr ajratadi degan edilar. Ular ongni materiyadan iborat 
qilib qo’yib, uni materiya bilan tenglashtirib, fikrni borliqning moddiy ko’rinishi 
deb hisoblaydilar va shu tariqa materiya bilan ong o’rtasidagi, moddiy hodisa bilan 
ideal hodisa o’rtasidagi farqni inkor qiladilar. 
Ilmiy falsafa tabiatdagi barcha narsa va hodisalarda sezuvchanlik tafakkur va 
boshqa hayotiy funktsiyalar bor degan gilozoizm (Bruno, Rabine va boshqalar) 
ta’limotiga ham qarshi chiqadi. Bu g’oyaning
xatoligi shundaki, u jonsiz tabiat 
bilan jonli tabiat o’rtasidagi farqni hisobga olmaydi. 
Aniq ifodalangan shakldagi sezgi materiyaning yuqori organik shakllarigagina 
xosdir, holbuki butun materiya in’ikos ettirish xususiyatiga, ya’ni tashqi muhit 
ta’siriga muayyan javob berish qobiliyatiga egadir. Bu xususiyat ma’lum darajada 
sezgi bilan o’xshashdir, lekin u bilan birday emas, shu tufayli tafakkur, ong butun 
materiyaga xos bo’lgan xususiyat deb bo’lmaydi. 
Hozirgi 
davrda 
fanning 
yangi 
sohasi 
bo’lgan kibernetikaning 
muvaffaqiyatlari munosabati bilan jonsiz tabiat predmetlarida ham fikrlash qobiliyati 
bor deb ko’rsatishga urinish kuchaymoqda. Turli boshqaruvchi sistemalarni va 
boshqaruv jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani asosida ajoyib mashinalar 
yaratildi. Ulardan ayrimlari samolyotlarni, poezdlarni yoki murakkab ishlab 
chiqarish jarayonlarini boshqara olsa, boshqalari matnni aniq va tez bir tildan 
boshqa tilga tarjima qiladi, eng qiyin matematik topshiriqlarni bajaradi va hokazo. 
Bu mashinalar tashqaridan turli ma’lumotlar olishga, ularni «esda saqlab qolishga» 
layoqatlidir. Bu esa, ayrim olimlarning «aqlli» mashinalar sezish va hatto
fikrlash qobiliyatiga egadir, deb aytishlariga bahona bo’ldi. 
Kibernetika bazasida amalga oshirilayotgan tafakkur funktsiyalarini 
modellashtirish katta falsafiy ahamiyatga ega. Hozirning o’zidayoq bir qator 
tafakkur funktsiyalarini qayta hosil qiladigan kibernetika qurilmalarining 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling