Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

400
 
inson mehnati faoliyatining natijasi demakdir. 
Ongning shakllanishi va rivojlanishida mehnat hal qiluvchi omildir. Inson 
o’zining mehnati tufayligina tabiatdan ajralib chiqdi. Inson o’zining mehnati 
natijasida ijtimoiy hayotni tubdan qayta qurishga qodir bo’lgan yagona kuchdir. 
SHuning uchun ham, mehnat odamning bebaho boyligi, uning yashashi va 
hayotning asosiy zamini hisoblanadi. Insoniyat kundalik ehtiyoji uchun zarur 
bo’lgan narsalarni topish jarayonida tabiat predmetlariga duch kelib ularning 
xossalarini bila borgan, ularni bir-biri bilan taqqoslab ajrata boshlagan. 
Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat qurollarini tayyorlash va 
takomillashtirish jarayoni ongning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatganligi 
shubhasizdir. Mehnat qurollarining avloddan - avlodga o’tib kelishi, o’z navbatida 
oldingi avlodning ishlab chiqarish tajribasini, bilimi va ongini keyingi avlodlarga 
ham olib o’tgan. Keyingi avlod esa o’z ajdodlarining mehnat qurollarini tayyorlash va 
ulardan foydalanish usullarini bilib olib, ularni yanada takomillashtirgan. Ong ana 
shu tariqa mehnat bilan tafakkurning birligi asosida inson ongi rivojlanib, 
takomillashib borgan. 
«Insonning eng asosiy vazifasi va o’rni, - deb yozgan edi Beruniy, - mehnat 
bilan belgilanadi, inson o’z xohishiga mehnat tufayli erishadi». 
Mehnat inson ongini shakllantirgan va kamolga yetkazgan asosiy omil bo’lib 
hisoblanadi. Kishilarning mehnat faoliyati tafakkur organi bo’lgan miyaning 
rivojlanishiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. 
Unga gnoseologik jihatdan yondashish — ong voqelikdagi narsa va 
hodisalarning in’ikosi, deb qarashdir. Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u 
tushunib yetilgan bilimdir. Inson miya yorlamida fikr qiladi. Ongning ma’nosi 
narsalarni bilish, o’zlashtirish, uning mohiyatini ochib borishdan iborat. Ong faqat 
ob’ektiv olam in’ikosigina emas, balki insonning ichki ruhiy holatlari, kechinmalari, 
hissiyotlarining ham in’ikosidir. 
Inson tabiatning yuksak mahsuli, hayot gulidir. Insonning buyukligi unda 
bebaho marvarid — aql zakovot mavjud. Aql - idrok sohibi bo’lganligi uchun u tabiat 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling