Manzarali o`simliklar. Reimboeva I


Download 86.03 Kb.
bet1/8
Sana01.05.2023
Hajmi86.03 Kb.
#1418789
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
202 MANZARALI O’SIMLIKLARNING KELIB CHIKISH MARKAZLARI


OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI


BOTANIKA FANIDAN


MANZARALI O’SIMLIKLARNING KELIB CHIKISH MARKAZLARI mavzusida

KURS ISHI




Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi
Dumayeva Mufazzalxon Odiljon qizi
Kurs ishi rahbari: ___________________
.

Andijon -2023


MAVZU: MANZARALI O’SIMLIKLARNING KELIB CHIKISH MARKAZLARI


Mundarija:


I . Kirish
II . Asosiy qism
2.1. Manzarali bog'dorchilik va gulchilikning tarixi.
2.2. Manzarali va gulli o'simliklarning guruhlanishi va ularga tashqi muhit
omillarining ta'siri.
2.3. Manzarali va gulli o'simliklarni urug'idan va vegetativ ko'paytirish yo'llari.
Xulosa.
Adabiyotlar royxati.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Go'zallik va ozodalik insonga xos eng oddiy fazilatlardan bo'lib inson doimo unga intilib yashaydi. Inson qadim-qadimdan o'z yashash joylarini go'zal va obod qilish uchun harakat qilib kelgan. Chunki, shinam va ko'rkam muhit kishiga o'zgacha zavq bag'ishlaydi.
Hozirgi zamonda meditsina ham shinam va ko'rkam joylar kishining mehnat layoqatini oshirishni isbotladi. Demak, shinamlik va go'zal manzaralar kishiga faqatgina zavq berib qolmasdan, balki uning mehnat layoqatiga, sog'ligiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach bunday go'zal muhitni yuzaga keltirishga alohida e'tibor qaratdi. Ayniqsa, 2003 yili “obod mahalla yili” deb e'lon qilinishini bu boradagi olg'a qadam deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda respublikamizning barcha tuman va qishloqlarida, mahalla va muassasalarida manzarali gulzorlar barpo qilish, atrof-muhit ko'kalamzorlashtirishlari qizg'in tus olgan. Chiroyli ko'kalamzorlashtirilgan xiyobonlar, did bilan qurilgan katta ko'chalar shahar xusniga xusn qo'shib, aholini sof havo bilan ta'minlaydi. Yashil daraxtlar, butazorlar, gulzorlar havoni chang va tutun hididan tozalaydi va normal mikroiqlim yaratadi.
Inson paydo bo'libdiki u tabiat ne'matlaridan, uning go'zalligidan baxramand bo'lib kelmoqda. Demak inson va tabiat bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Ibtidoiy odamlar o'z go'shasi atrofida o'suvchi egulik va kasalliklarga da'vo bo'luvchi o'simliklarni qidirib topishga harakat qilishgan. Tabiatning yam- yashil libosga o'ralishi uning qo'ynida ochilib turgan rang-barang gullar, barg shoxlari, ularning tana tuzilishlaridagi o'zgarishlar bilan hamohang. Gulzorlar rang-barangligi hamda xushbo'y hidlari bilan insonni o'ziga rom qilib, sehrlab o'ziga tortadi. Gullarga bo'lgan intilish, qiziqish insonga xos bo'lib, avlodlardan o'tib kelayotgan tabiatga bo'lgan tug'ma muhabbat belgisidir. Go'zal manzaralar, gulzorlar inson kayfiyatini ko'taradi, ruhan tetik qiladi va estetik did bag'ishlaydi.
Qolaversa bu go'zalliklardan zavqlana bilish uni chuqurroq tuyish va unga to'g'ri munosabatni shakllantirish insonning madaniyati hamda estetik mezoni belgisidir.

Download 86.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling