Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet435/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

486
 
Gerontologiyada insonning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi 
hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining 
ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni 
kiritishga oid tadqiqotlar amalga oshirilib, yaqin kelajakda uning 
amaliyotga 
tatbiqi 
ko‘zda 
tutilmoqda. 
Umuman 
olganda,
nanotexnologiyalardan sanoatda, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni 
oshirishda, ekologik muvozanatni ta’minlashda, koinotni o‘zlashtirishda 
foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilib, barcha tashkiliy qismlarga 
mantiq elementlarini kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit 
«aqlli» va inson yashashi uchun to‘la qulay bo‘lib qolishiga erishish 
maqsad hisoblanadi.
Internetning 
paydo 
bo‘lishi bilan hayotmizning ko‘plab 
jabhalarida, jumladan, maktablar va oliy ta’lim muassasalaridagi barcha 
jarayonlar, qolaversa, kundalik maishiy xizmatlar, biznes va menejment, 
yuridik va konsullik xizmatlarigacha birin-ketin virtual dunyoga ko‘cha 
boshladi.
Internet 
rivojlanishi 
barobarida 
uning 
texnik-texnologik 
imkoniyatlari va auditoriya qamrovi ham oshib bordi. “O‘rgimchak 
to‘ri” insonlarning an’anaviy suhbatlashuv shaklini tubdan o‘zgartirdi. 
Olis masofadan turib nafaqat eshitish, balki ko‘rish imkoniyatining 
yuzaga kelishi bilan virtual suhbatlar keskin ommalashdi. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar 
vositasida o‘zaro muloqotga kirishmoqda.
Keyingi 10–15-yil davomida dunyo matbuotida eng ko‘p 
muhokama qilinib kelinayotgan masalalardan biri bu – Internetning 
yoshlar auditoriyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi bilan bog‘liq. 
Tarmoqni ayrim xorijiy ekspertlar majoziy ma’noda o‘tkir boltaga 
o‘xshatadi: uning yordamida qurigan daraxtni chopib, undan o‘tin 
tayyorlash mumkin yoki aynan shu bolta bilan gullab-yashnab turgan 
daraxtni yakson qilish ham mumkin. Shu sababdan jahon tarmog‘ini 
faqat maqtash yoki aksincha uni qoralash mantiqsizlikdir. 
XXI asr yutuqlaridan yana biri sun’iy intellekt bo‘lib, mobil 
qurilmadagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va 
hokazolar uning yaqqol misolidir.
Sun’iy intellekt — odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: 
tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va 
shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratishdir. Bugun 
sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling