Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

487
 
dasturiy tizimlardan iborat bo‘lib, inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan 
bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib
kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab 
olmoqda. Masalan, 1997-yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri 
shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yengan tarixdagi 
ilk kompyuter bo‘ldi. Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank 
kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar 
sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali 
amalga oshiriladi. 
Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyib 50 yildan beri 
davom etib kelmoqda. Ba’zi mutaxassislar, ularning ommalashib 
odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik 
ko‘rsatkichlari 
oshib 
ketishi 
mumkinligini 
ta’kidlamoqdalar. 
Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa sun’iy intellektga ijobiy 
munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Jumladan, Space X 
asoschisi Ilon Mask fikricha, “Sun’iy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi 
uchun asosiy xavfdir. Sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq ommaviy 
muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan 
ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish 
natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-
xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”. 
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz 
transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan 
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi 
vazifalarini ham maxsus robotlar bajarmoqda. Olimlar ularning tashqi 
ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda. 
Xorijiy ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib 4,7 mln 
aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta 
xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi 
aytilgan. Sun’iy intellekt ularning vazifasini bemalol bajara oladi. 
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay, sun’iy intellektni 
rivojlantirish davom etmoqda. Sun’iy intellekt insoniyatning yutug‘i 
bo‘lsada, jamiyatda muammolar ko‘lami oshib borishining omili 
hamdir. 

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling