Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifasi


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

1.1.Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifasi 
 
Fan — inson va jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Uning 
yordamida kishilar voqelikdagi narsa va hodisalarning kelib chiqishi, rivojlanishi 
haqida xolisona ma’lumotlar to’playdilar, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy va 
ma’naviy qadriyatlar yaratadilar. Mavjud fanlar o’zining xilma-xilligi bilan 
ifodalanadi. Shularning ichida eng qadimiysi falsafadir. “Falsafa” atamasi ikkita 
yunoncha so’zdan (“fileo” — sevaman va “sofia” — donolik) olingan bo’lib, 
“donolikni sevaman”, degan ma’noni anglatadi. Mazkur fanga bunday nom 
tasodifan berilgan emas. Falsafa paydo bo’lishi bilan kishilar fikrini band etgan 
turli-tuman savollarga javob qidirishga harakat qilgan. Xususan, bizni qurshab turgan 
dunyo qanday paydo bo’lgan, u qanday rivojlanadi? Inson ongi, ruhiyatinint 
materiyaga, tabiatga munosabati qanday? Inson dunyoni bilishga qodirmi yoki 
yo’qmi? Jamiyat qanday paydo bo’lgan va uning harakatlantiruvchi kuchlari 
nimalardan iborat? kabi savollar shular jumlasidandir. Falsafaning e’tibor markazidagi 
savollarning xilma-xilligi va rang-barangligini e’tiborga olib, yunonlar uni “donolik 
fani” yoki “donishmandlik” deb ataganlar. 
Falsafa mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish 
qonuniyatlarini, ularning tub mohiyatini bilishga qaratilgan fandir. Bu haqda 
Forobiyning quyidagi so’zlari alohida e’tiborga sazovordir: “Mavjudot haqidagi bilim 
“Falsafa yohud donishmandlikka mehr qo’yish
aqlni charxlash demakdir. U baxtli hayotning
mohiyatini ochib beradi”. Epikur 
 




9
 
qo’lga kiritilsa, shu haqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, 
narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil, hujjatlar asosida shu narsa haqida 
miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni 
falsafa deymiz...”
1
.
Shuni alohida eslatib o’tish joizki, voqelikning eng umumiy tomonlari
aloqalarini aks ettiruvchi qarashlar falsafiy darajaga ko’tarilishi uchun ular inson 
tomonidan mavhum tafakkurlash yo’li bilan qayta ishlab, umumlashtirilib, 
sistemalashtirilgan nazariy g’oyalar tizimini tashkil etishi lozim. Shundagina ular 
falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi. 
Falsafaning paydo bo’lishi qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi VI asrga 
to’g’ri keladi, chunki fanning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy zaminlar aynan ana shu davrda vujudga kelgandi. 
Har qanday falsafa o’z davrining mahsuli sifatida shu davr ijtimoiy 
taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun insoniyat tarixining turli 
bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bo’lgan va shunga mos ravishda uning 
predmeti va vazifalari ham o’zgarib borgan. 
Dastavval, aniq fanlar mustaqil taraqqiy etmagan paytda, falsafa barcha 
bilimlarni umumlashtiruvchi, fanlarning fani, “umumiy tizim” vazifasini bajarib 
kelgan edi. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Arastu, Xorazmiy, 
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarining 
ham asoschilari bo’lganlar. Shuning uchun dastlabki kezlarda falsafa bir butun 
ta’limot ko’rinishida mavjud bo’lgan edi. 
Falsafani maxsus bilimlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat 
bo’lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni «naturfilosofiya» deb ham hisoblangan. U 
tabiiy fanlar tushunchalariga asoslangan holda tabiatni yaxlit tasvirlab berishga 
qaratilgan bo’lib, kishilik jamiyatining ilk bosqichida keng taraqqiy etgan mifologik 
tasavvurlarni siqib chiqarishga asos yaratadi. 

1
 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-183-184 betlar. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling