Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
17
o’qiymiz “Ra senga nur beradi. Shu senga havo beradi. Geb senga yashashing uchun zarur bo’lgan har xil mahsulotlarni beradi. Osiris senga hayot kechirishing uchun Nilni baxshida etadi”. Miflarda inson va tabiat masalalari katta o’rin tutadi. Ularga ko’ra, inson tabiat bilan munosabatda bo’lar ekan, u ayni paytda tabiatni sevadi ham, undan qo’rqadi ham, tabiatni sevishning boisi shundaki, inson tabiat beshigidan chiqqan, undan qo’rqishning sababi, inson tabiat sirlarini bilib olishga ojizdir. Mifologik dunyoqarashda qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi, boshqa sivilizatsiyalar va ularda hayotning mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Qadimgi Xitoydagi mifologik afsonalarga muvofiq dunyo taraqqiyoti ikkita kosmik qarama- qarshiliklarning In va Yan kurashlari bilan belgilanadi. In qorong’ulik, sovuqlik, namlik, o’lim manbai, Yan esa yorug’lik, issiqlik, olov manbai. In ayollik, Yan erkaklik ramzi. Ularning bir-biri bilan birlashishi tufayli koinot vujudga kelgan. In va Yanning uyg’unligi koinot, davlat, oiladagi jismoniy va ruhiy muvozanatni tashkil etadi. Bularning hammasi mifologik dunyoqarashda falsafiy fikrlarning mavjudligi, boshqacha qilib aytganda, mifologik dunyoqarash falsafiy dunyoqarashning dastlabki shakli ekanligidan dalolat beradi. Arastuning fikricha, kimki afsonalarni sevsa, u muayyan darajada faylasufdir, chunki afsonalar xayoliy fikrlash asosida tashkil topadi. Mifologik dunyoqarashning dastlabki ko’rinishlarida narsa va ularning joni, ruhi, bir-biridan ajralmagan yaxlit holda aks ettirilsa, keyinchalik ular bir-biridan ajratilib, alohida tasvirlanadigan bo’ladi. Kishilarning olam haqidagi tasavvurlarining tobora kengayib borishi voqeliqdagi narsa va hodisalar shuningdek, ularning obrazlari (xudolari) barcha insonga xos bo’lgan hissiyot, kayfiyatlar bilan bir qatorda aql-idrok va boshqa insoniy fazilatlarga mansub deb tasvirlanish odatga aylanib qoladi. Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda fazo, tabiat va jamiyatdagi barcha jonli va jonsiz narsalar va hodisalar biri ikkinchisiga ishtirokchi sifatida idrok |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling