Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

15
 
nihoyatda ma’lum fikrlar, tasavvurlar, tushunchalar, qarashlar hosil bo’ladi. 
Demak, dunyoqarash o’z ichiga dunyoni his qilish, dunyoni tushunish 
jarayonlarida hosil bo’ladigan idrok, kayfiyatlarni ham qamrab oladigan tushunchadir. 
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. Uning birinchisini, kishilarning 
kundalik hayoti amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar, 
tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini esa ilm-fan tufayli to’plangan nazariy 
bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy 
bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi. 
Barcha ijtimoiy hodisalar kabi dunyoqarash ham, ijtimoiy shart-sharoitlar, 
ijtimoiy munosabatlar majmui bilan bevosita bog’liqdir. Turli ijtimoiy tuzumlarga har 
xil dunyoqarash shakllari mos keladi. Ijtimoiy mulkka asoslangan ibtidoiy jamoa 
tuzumining oddiy ishlab chiqarish usuli rivojlanmagan mistik, kollektiv 
dunyoqarashini tug’dirdi, u orqali ibtidoiy odamning o’rab olgan muhitidagi 
hodisalarni in’ikos etishi va fikrlab olishi amalga oshadi. Frantsuz olimi L.Levi-Bryul, 
ibtidoiy odamlar tafakkuri o’z asosiga ko’ra mistikdir “ilohiydir”, degan edi. 
Xususiy mulkning kelib chiqishi va jamiyatdagi manfaatlari turlicha bo’lgan 
kishilarning katta guruhlarga bo’linishi atrofdagi mavjud narsa va hodisalarni aks 
ettirish va fikrlab olish ibtidoiy jamiyatdagidek mistik, kollektiv tasavvurlar orqali 
emas, balki muayyan mafkura shaklida gavdalangan tasavvurlar, dunyoqarashlar 
orqali amalga oshishiga olib keladi. 
Olam mohiyati va uning asosida yotgan qonuniyatlarni bilish zaruriyati turli 
falsafiy dunyoqarashining vujudga kelishiga olib keladi. Ular insonga olamni va 
uning rivojlanish qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan o’zlashtirib olishga 
xizmat qiladilar. 
Eski tuzumning yemirilib, mustaqil davlatning vujudga kelishi — o’z navbatida, 
yangi tasavvurlar, yangi dunyoqarashning shakllanishiga olib keladi. Kurinib 
turibdiki, u yoki bu dunyoqarashning vujudga kelishi va hukmronlik qilishi ijtimoiy 
shart-sharoitlar bilan uzviy bog’langan. 
Dunyoqarash qotib qolgan, hech qachon o’zgarmaydigan o’lik g’oyalar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling