Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
23
albatta zo’r ehtiyotkorlik bilan qarashimiz kerak. Din kishilarning ongiga o’z ta’sirini o’tkazish bilan bir qatorda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ham doimo katta rol o’ynab kelgan. Hozirgi davrda, ham u katta siyosiy kuchni tashkil qiladi. Dinlarning orasida keng tarqalgan islom dinidir. Hozirgi kunda 30 dan ziyod Osiyo va Afrika mamlakatlarida islom davlat dini sifatida rasmiy ravishda qabul qilingan bo’lsa, yana qariyb 30 mamlakatning siyosiy hayotida u muhim rol o’ynamoqda. Ularning ichida Turkiya, Misr, Afg’oniston, Eron, Iroq, Suriya, Saudiya Arabistoni, Jazoir va boshqa mamlakatlarni alohida tilga olish joiz. Xristianlik va boshqa dinlar ham turli mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynamoqda. Bugungi kunda dinning fanga, uning yutuqlariga bo’lgan munosabati haqida ham yangicha fikr hosil bo’lmoqda. O’tmishda biz din bilan fan bir-biriga zid bo’lgan, bir-birini tubdan istisno qiluvchi ijtimoiy ongning shakli, insoniyat madaniyatining tarixi din bilan fan o’rtasidagi kurashdan iborat deb kelgan edik. Ammo hayot shuni qo’rsatadiki, fanning din bilan o’zaro munosabati hamma vaqtda bir xil va bir tekis bo’lgan emas. “Uyg’onish davri”da yashagan G’arbiy Yevropa olimlari, jumladan Jordano Bruno, Galileo Galiley, Kopernik, XVIII asr frantsuz olimlari Pol Golbax, Klod Gelvetsiy, Deni Didro va boshqalar xristian diniga ochiq oydin qarshi chiqib, uning ta’limotini inkor etgan bo’lsalar, O’rta Osiyo mutafakkirlari fan bilan islom ta’limotini bir-biriga qarama-qarshi qo’ymasdan ikkalasidan ham bahramand bo’lib kelganlar. Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar dunyoni yaratgan Ollohni e’tirof qilsa, Mirzo Ulug’bek o’zining “To’rt ulus tarixi” asarida dunyoni Tangri Taolo bino qilgan, odamni ham u yaratgan degan fikrni olg’a surgan 1 . Hozirgi vaqtda ham G’arbiy Yevropa mamlakatlarida diniy e’tiqod bilan fanni muvofiqlashtirib rivojlantirishga da’vat etib kelayotgan olimlar bor. Masalan, katolik cherkovining rasmiy falsafasi deb e’tirof etilgan neotomizm ta’limotining 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling