Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
31
etadi. Falsafaning ham, aniq fanlarning ham ob’ekti bitta, u ham bo’lsa bizni qurshab olgan olamdir. Ammo ularning tadqiqot predmetlari turlichadir. Rang-barang dunyo va undagi hodisalarda bir vaqtning o’zida umumiy va xususiy qonunlar namoyon bo’ladi. Dunyoning alohida olingan va cheklangan sohalarida amal qiluvchi xususiy qonunlarni aniq fanlar o’rganadi. Ular orasida amal qiladigan eng umumiy qonunlar falsafaning o’rganish sohasiga kiradi. Masalan, miqdoriy munosabat va fazoviy o’rinlarni — matematika, issiqlik, nurlanish, elektromagnit va yadro jarayonlarini — fizika, o’simlik va hayvonot olamini — biologiya fanlari, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarish usuli va taqsimlash kabilarni — iqtisod fani o’rganadi. Falsafa alohida fanlar singari dunyoning u yoki bu tomonini emas, balki uni bir butunligicha o’rganadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilib, kishilarning dunyoqarashini rivojlantirib, ularning nazariy va amaliy faoliyatini to’g’ri yo’lga soladi. Fan tizimlashtirilgan bilimlar yig’indisi bo’lib, u o’z navbatida fanning nazariya, qonun, tushunchalar turkumida ifodalanadi, aniq fanlar kabi falsafa fani ham o’zining nazariyasiga, qonun va kategoriyalariga (umumiy tushunchalariga) ega. Ularning yordamida kishilar ongida voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va taraqqiyot qonuniyatlari aks ettiriladi. Fanning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u tadrijiy ravishda taraqqiy etib, o’z mazmunida ilgari to’plangan ma’lumotlarni saqlab qolib, unga doir yangi bilimlarni qo’shib turadi. Falsafa fani ham, shuningdek o’tgan avlodlar tomonidan to’plangan g’oyalarni uloqtirib tashlamasdan, ularni saqlab qolib, doimo mazmunan boyib, rivojlanib turadi. Eski va yangi falsafiy g’oyalar o’rtasida vorisiy bog’liqlik mavjud. Buni biz falsafa tarixidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Fanning barcha qoidalari bir-birini to’ldirib, bir-biridan mantiqiy jihatdan kelib chiqish imkoniyatiga egadir. Falsafa fanining nazariyalari, qonun va kategoriyalari ham bir-biridan kelib chiqadigan, bir-birini mantiqiy to’ldiradigan yaxlit ilmiy tizimdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling