Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
45
tabiatning asosi bo’lib ko’ringan. Misrliklar, hayot suvdan boshlanadi deb bilib, suvsiz hech qanday hayot bo’lmasligini ko’rib, suvni ulug’lovchi qanchadan- qancha rivoyat va afsonalar to’qiganlar. Ular Nil daryosini ilohiylashtirganlar, uni “odamlarga hayot baxsh etish uchun toshib turadigan Nil”, deb ulug’laganlar. SHuning uchun misrliklar marhumlar ruhiga afsunlar o’qib, uning abadiy yashashini ta’minlamoqchi bo’lganlarida xudoga quyidagicha nola qilganlar: “Sen ulug’ xudoga — Ossiri sga marhamat aylaganingda unga Nil keladigan bo’ldi, uning uchun yaylovlar paydo bo’ldi va papirus o’sadigan bo’ladi. Xuddi shu singari unga — marhumga ham marhamat aylaginki, u sening suvingdan bahramand bo’lsin, u sening oqar suvlaringdan icha olsin” 1 . Misrliklar o’zlarining dunyoviy va diniy-falsafiy poeziyalarida odamlarni bu dunyoning butun noz-ne’matlaridan to’la bahramand bo’lib yashashga, quvonch, shodu-hurram hayot kechirishga, o’lim, oxirat haqida hadeb o’ylayvermaslikka chaqirgan. Misrliklarning ilk falsafiy tasavvurlari haqida birmuncha ma’lumot beradigan qadimiy manbalardan biri - “Nasihatnoma”da bilimning xosiyati haqida, bilimdon kishining qadr-qimmati to’g’risida aytib o’tilgan. “Agar sen bilimdon odam bo’lsang, aytganing-aytgan, deganing-degan bo’ladi. Yozish-o’qishni chuqur egallab, ko’nglingga mahkam jo qilib ol, ana shunda har bir aytgan gaping hammaga manzur bo’ladi. Mirzoni qanday lavozimga qo’ymasin, u hamma vaqt kitob bilan ish ko’radi” 2 . Qadimgi misrliklarning xalq og’zaki ijodiyotida, ayniqsa, diniy-mifologik asarlarida tabiat hodisalari va tabiat kuchlari ilohiylashtirilgan. O’simlik va daraxtlarga topinish Misrda eng qadimgi davrlardayoq mavjud bo’lgan. “Hayot osmoni daraxti” to’g’risidagi qadimgi afsonada o’simliklar ramzi bo’lgan daraxt insonning yer yuzidagi hayoti uchun zarurdir, degan fikr ilgari surilgan. Misrliklarning tabiatni, dunyoni uning o’ziga asoslanib turib tushuntirish 1
2 Avdiev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. –T., 1964.-367-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling