Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
44
hamda dastlabki arifmetika va geometriya fanining paydo bo’lishiga olib kelgan, vaqtni hisoblash zaruriyati taqvim paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu esa odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Bobilliklar Quyosh soatini, Quyosh ko’rsatkichini va kunning 12 bo’lakka bo’linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko’ra, Bobilda matematika, arifmetika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda tibbiyot, tarix va filologiya, musiqa, tasviriy san’at, astrologiya ham sekin-asta kurtak ota boshlagan. Qadimgi Sharq xalqlarining madaniyatlari singari Bobil xalqi madaniyati, falsafasi, axloqi, urf-odatlari, dunyoqarashi ham asosan diniy g’oyalar bilan sug’orilgan. Odamlarda diniy e’tiqod kuchli bo’lgan. Quyosh, Oy, yulduzlar xudo hisoblangan, ibodatxonalarda ularga topinganlar. Xalqlarning, davlatlarning, hukmdorlar va odamlarning kelgusidagi taqdirini yulduz va sayyoralarning vaziyatiga qarab “oldindan aytib berish” qadimgi Mesopotamiya va Bobilda astrologiya nomini olgan. Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tiqodlari, falsafiy qarashlari, adabiy asarlari, afsona va rivoyatlari nasldan-naslga o’tib SHarqdagi ko’pgina xalqlarning madaniy ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan. Misr madaniyati jahon madaniyatining eng qadimgilaridan bo’lib hisoblanadi. Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar eramizdan to’rt ming yil ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Sharq madaniyatining boshqa namunalari singari Misr madaniy yodgorliklarining ertak, rivoyat, gimn, duo, didaktik asarlar, masal, epos, ishqiy lirika, xullas, xalq donishmandchiligining boshqa turlarida ham o’sha davrdagi ijtimoiy muhit, iqtisodiy hayot, tabobat, urf-odatlar, tabiat hodisalari, diniy, axloqiy, huquqiy, falsafiy qarashlar garchi yuzaki tarzda bo’lsada, o’z ifodasini topgan. Qadimgi Misr mifologiyasida hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va hamma narsada havo bor, deyiladi. Shuning uchun ham misrliklar suvni odamga oziq-ovqat beruvchi dastlabki ulug’ ne’mat, deb bilganlar. Suv ularga butun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling