Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
46
uchun qilgan urinishlari, har holda sodda bo’lsada, o’z davri uchun katta ahamiyatga egadir. Qadimgi Misrda falsafiy fikr kurtaklarining shakllanishi va rivojida tabiatshunoslik fanlarining paydo bo’lishi ham sabab bo’lgan. Bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi misrliklar falakkiyot sohasida ba’zi bir bilimlarga ega bo’lganlar. Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar va hatto, ular yulduzlar haritasini ham tuzganlar. Misrliklar o’zlarining falakkiyotga oid bilimlari asosida alohida taqvim tuzganlar. Taqvim yili 12 oyga bo’lingan, har bir oy 30 kundan iborat bo’lgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qo’shilgan. Shunday qilib bir yil jami 365 kun bo’lgan. Kasalliklarni keltirib chiqargan, avj oldirib, kuchaytirib yuborgan sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, inson salomatligini tiklash va mustahkamlashga bo’lgan zaruriyat qadimgi Misrda tibbiyot fanini yuzaga keltirdi. Qadimgi misrliklar kasalliklarning juda ko’p turlaridan, masalan, bosh og’rig’i, dizenteriya, sariq kasali, yo’tal, ziqnafas, qon ketish, bod, moxov, suvli temiratki va boshqa har xil kasalliklardan xabardor bo’lganlar. Misr tabiblari miyaga, umurtqa pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasalliklar uyasi deb bilib, tabib bu yerdagi kasalliklarni topib yo’qotishi kerak, deb hisoblaganlar. Misrliklar diagnostika - tashhis sohasida katta tajriba to’plaganlar. Misrda jarrohlik va ko’z kasalliklarini davolash ancha rivojlangan. Ular insondagi ko’pgina kasalliklar yurak qon aylanish tizimining qandayligiga bog’liq ekanligini alohida ta’kidlashgan. Misrda tabiblikning siri yurak harakatini bilishdan boshlanadi, tomirlar butun a’zoyi badanga shundan tarqaladi, deb hisoblashgan. Bashariyat tarixida sivilizatsiya beshigi hisoblangan Hindiston ham o’zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Eramizdan uch ming yil avval bu yerda yerni sun’iy sug’orish taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik yog’ochsozlik, to’qimachilik, zargarlik rivojlangan, yog’och va metalldan jang aravalari yasashgan, pishiq g’ishtdan ko’p qavatli binolar qurishgan, yung va zig’ir tolasidan matolar tayyorlashgan, mis |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling