Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Dunyoqarashning tarkibiy qismlari –
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Din nima Din bu
9. Dunyoqarashning tarkibiy qismlari –
a) iroda, hissiyot, vijdon b) orzu-umid, ishonch-e’tiqod, bilim v) or-nomus, sezish, bilim g) imon, g’urur, ilm 10. “Mifologiya” qanday ta’limot? a) Donishmandlikni sevmoq b) Asosida g’ayritabiiy kuchlarga ishonch v) Rivoyat va afsonalar haqidagi ta’limot g) Dunyoni tushunish 11. Din nima? Din bu – a) Dunyoning ilohiy yaratilishi haqidagi ta’limot b) Xudoga ishonch v) Xudo haqidagi bilim g) Xudoga e’tiqod qilishga qaratilgan dunyoqarash 12. Falsafiy dunyoqarashning muhim jihatlari nimada? a) Voqelik haqidagi bilimlar to’plami ekanligida b) Dunyoni inson ongida bir yaxlit, uzviy aloqadorlik va rivojlanish tarzida in’ikos ettirishida v) doimiy ravishda o’zgarib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarash ekanligida g) kishilarning imon-e’tiqodiga asoslanishida 42 II-BOB: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI 2.1.Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari Jahon madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani turli davr va sharoitlarda yashagan, yashab kelayotgan barcha xalqlarning, butun insoniyatning ma’naviy boyligi, umumiy yutug’i, bashariyatning asrlar jarayonida shug’ullangan, rivojlanib, sayqal topib kelgan aql-idrok va tafakkurlari mahsulidir. Falsafa fani rivojlanishiga dunyodagi barcha xalqlar kabi Sharq xalqlari ham o’zlarining bebaho ulushlarini qo’shganlar. Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarash va tasavvurlari, ularning mazmun va mohiyati haqida antik zamon mualliflarining asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og’zaki ijodiyoti, afsona, miflar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar Sharqning Bobil (Vaviloniya)da eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo bo’lgan. Bu davrda odamlarning dunyoda ro’y berib turadigan xilma-xil hodisa va jarayonlariga bo’lgan munosabatlari va qiziqishlarini garchi sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bo’lsada, o’zida aks ettirgan falsafiy qarashlari namoyon bo’la boshlagan. Qadimgi Bobil adabiyotining ko’zga ko’ringan mashhur asarlaridan biri “Gilgamesh haqidagi doston” bo’lib, unda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hayoti va tiriklikning abadiy manbai ekanligi, Gilgameshning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-uqubatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashi zarurligi, hayot va o’simlik sirlarini bilishga azaldan intilib kelganligi hikoya qilingan. Download 4.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling