Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
32
Fan o’z qoidalarini asoslab berish imkoniyatiga ega. Bu falsafa faniga ham tegishlidir. Ammo, agar aniq fanlar o’z qoidalarini kundalik amaliy tajriba yordamida asoslab bersa, falsafa mantiq yo’li bilan asoslab beradi. Forobiy ta’kidlaganidek, “odamlar falsafa yo’li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to’la ishonch va qanoatga ega bo’ladilar” 1 . Har bir fan olamning aniq bir tomonini o’rganar ekan, demak, bu fanning yolg’iz o’zi olam haqida bir butun ilmiy tasavvur hosil qilish uchun yetarli bo’la olmaydi. Olam haqidagi yaxlit ilmiy tasavvurni tabiatshunoslik fanlarining barchasi ham hosil qila olmaydi. Tabiatshunoslik fanlari tabiat va uning rivojlanish qonunlarini o’rganadi. Olam haqidagi yagona ilmiy tasavvur esa, jamiyat va inson tafakkuridagi bilimlarni ham o’z ichiga oladi. Demak, olam haqidagi eng umumiy bilim barcha fanlar o’rganadigan muammolarni sistemalashtirish, bir-biriga bog’lash va umumlashtirish natijasida hosil bo’ladi. Ana shu vazifani falsafa fani bajaradi. Bu fan barcha fanlarning amaliy faoliyati jarayonida to’plangan dalillarni bir tizimga solish, uni bilish va unga amaliy ta’sir qo’rsatish yo’llarini ochadi. Falsafa — aniq fanlarning yutuqlariga befarq qaramaydi, balki eng yangi kashfiyotlarni chuqur o’rganish, nazariy umumlashtirish zaminida o’sib, ijodiy rivojlanib boradi. Shu ma’noda falsafaning ijodiy boyishi va rivojlanishi bu fanlarning taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Falsafa tabiatshunoslik uchun voqelikni o’rganishda eng umumiy ilmiy usul bo’lib xizmat qiladi, o’z navbatida, tabiat ilmi yutuqlari ham falsafaning qonun- qoidalarini tasdiqlashda katta rol o’ynaydi. Ko’rinib turganidek, falsafiy ta’limotga asoslanish aniq fanlar mohiyatini bilishga, ularning kashfiyotlarini to’g’ri umumlashtirishga imkon beradi. Ilmiy falsafiy nazariya bilan qurollangan olim boshqalarga nisbatan o’z fanining istiqbolini, mohiyatini chuqurroq bila oladi. Agar har bir fan o’zicha rivojlana borsa, kashfiyotlar bir-biri bilan bog’lanmasa va umumlashtirilmasa u vaqtda olam haqida yagona bilim 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling