Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
33
hosil qilish, uning mohiyatini qonun va qonuniyatlarini chuqur bilish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham aniq fanlar bilan falsafaning o’zaro aloqadorligiga bo’lgan zaruriyat doim saqlanib va kuchayib boraveradi. Falsafa — insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U avlod-ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy, tarixiy merosning barcha durdonalaridan bekamu- ko’st foydalanish, tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlar erishgan ulkan muvaffaqiyatlarga suyanish asosida shakllanib va rivojlanib borish bilan birga, kishilarda olam haqida bir butun, yaxlit dunyoqarash shakllanishida nazariy poydevor vazifasini o’taydi. Shuning uchun barcha ijtimoiy tuzumlarda hokimiyat egalari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar falsafa fanidan o’zlarining manfatlarini ta’minlash maqsadida mafkuraviy qurol sifatida faol foydalanib kelganlar. Ayniqsa, sho’rolar davrida 70 yildan ortiq vaqt mobaynida falsafa ma’muriy-buyruqbozlik tizimining siyosati bilan chambarchas bog’liq holda, o’zining fan xususiyatini asta- sekin yo’qotib, asosan siyosiylashgan mafkuraviy g’oyalar yig’indisiga aylanib qolgan edi. Falsafa fani turli-tuman oqimlarning, yo’nalishlarning, xilma-xil g’oyalarning tizimlashtirilgan yig’indisidan iboratdir. Shuni e’tiborga olgan holda, siyosiy tashkilotlar, partiyalar, o’zlarining maqsadlariga javob beradigan falsafiy fikr va g’oyalarni nazariy qurol qilib oladilar. Falsafa bilan siyosatning yana bir bog’liq tomoni bor. Falsafa fani sifatida nisbiy mustaqillikka ega, chunki falsafiy muammolarning doirasi, ularning kelib chiqishi, turli falsafiy maktablarda, yo’nalish va oqimlarda xilma-xil hal etilishi, ilmiy va amaliy ahamiyati va shu kabi masalalar siyosatdan kelib chiqib emas, balki bu fanning o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlar asosida belgilanadi. Lekin siyosat boshqa fanlar kabi falsafa fanining rivojlanishiga ham faol ta’sir etadi. Falsafa fanining rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mablag’, uning hajmi, ilmiy- texnikaviy uskunalar, moddiy negiz, ishchilar soni va ularga beriladigan maosh hajmi, ijtimoiy sharoitlar va shu kabi masalalarning hal bo’lishi, u yoki bu jamiyatni boshqarib turuvchi hokimiyat, ijtimoiy partiyalarning siyosati bilan uzviy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling